Karlo Anchelotti: "Yarim finalgacha Ronaldu to'la sog'ayadi"
09 apr 2014 13:14
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Yarim finalgacha Ronaldu to'la sog'ayadi"
"Real" ustozi Karlo Anchelotti "Borussiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun juda qiynaldik, lekin yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda juda ko'p to'p yo'qotdik. Tanaffusda jamoani biroz o'ziga keltirishga urindim. Birinchi bo'limda penaltidan gol ura olmaganimiz eng asosiy vaziyat bo'ldi, - deydi Anchelotti UEFA rasmiy saytiga.
Krishtianuning sog'ligi bilan tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Yarim finalgacha u to'liq sog'ayadi".
Krishtianuning sog'ligi bilan tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Yarim finalgacha u to'liq sog'ayadi".

Fikrlar