Karim Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi beshinchi to'purarga aylandi
19 iyu 2020 07:56
Yangiliklar
Karim Benzema “Real” tarixidagi eng yaxshi beshinchi to'purarga aylandi
Madridliklar forvardi La Liga 29-turi doirasida “Valensiya” (3:0) darvozasiga 2 ta gol urdi.
Bu 32 yoshli francuz hujumchisi uchun “Real” safidagi barcha musobaqalarda urilgan 243-gol bo'ldi. Natijada u klub tarixidagi beshinchi raqamli to'purarga aylandi. Benzema bu orqali 242 ta gol urgan Ferenc Pushkashni ortda qoldirdi.
Karimdan oldin Krishtianu Ronaldu (450), Raul (323), Alfredo di Stefano (308) hamda Santilyana (290) bor.
Fikrlar