Kante MYUga qarshi maydonga tushadi...mi?
03 noy 2017 23:34
Yangiliklar
Kante MYUga qarshi maydonga tushadi...mi?
“CHelsi” ustozi Antonio Kontening aytishicha, APL 11-turi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda N’Golo Kantening maydonga tushirish borasida aniq bir to'xtamga kelmagan.
Francuz futbolchisi oktyabr oyi boshida jarohat olib, safdan chiqqan edi.
“Kante tezlikda o'z formasiga qaytmoqda. Orada yana bir kun vaqtimiz bor, keyin men uning maydonga tushishi borasida aniq to'xtamga kelaman. Uning safga qaytishidan xursandman. Gap muhim futbolchi haqida ketmoqda. Agar tavakkal qilishni istaganimda, uni “Bornmut” yoki “Roma”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushirgan bo'lardim. SHu sabab men uni uning to'liq sog'ayishini kutdim. Agar u keyingi uchrashuvda maydonga tushadigan bo'lsa, demak u o'yinga tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “CHelsi” – “MYU” uchrashuvi 5 noyabr kuni “Steemford Bridj”da bo'lib o'tadi.
Fikrlar