So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  1 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  5 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Kanselu ketishiga yaqin "Man Siti" Ben CHiluellni nishonga olgan Yangiliklar

Kanselu ketishiga yaqin "Man Siti" Ben CHiluellni nishonga olgan

"Manchester Siti" jamoani tark etgan Joau Konselu o'rniga Ben CHiluellni olib kelmoqchi.

Portugaliyalik futbolchi jamoa ustozi Pep Gvardiola bilan nizoga borgani sababli boshqa klubga o'tishni istayotgandi va "Bavariya" futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. U 2019 yilda "Yuventus"dan kelganidan buyon "shaharliklar" libosida 154 ta o'yin o'tkazdi va 9 ta gol urib, 22 ta golga asistentlik qildi. Portugaliya terma jamoasi azosi Jahon CHemiponati-2022'dan qaytganidan buyon "Manchester Siti"ning jami 10 o'yinidan atigi 3 tasida maydonda ko'rinish berdi. O'zi xohlaganidek o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotgan futbolchi "Bavariya"ga ijaraga berib yuborildi. O'zaro tuzilgan ijara bitimida nemis tomoni 28 yoshli futbolchini 70 mln evroga xarid qilish imkoniga ega bo'ldi. Uning ketishi jamoaning himoyadagi imkoniyatlarini biroz kuchsizlantirishi mumkin.

"Etihad" o'yingohi egalari mudofaa chizig'ining chap qanotini kuchaytirish uchun CHiluell variantini o'ylab ko'radi. Premer-liga chempionlari 2020 yil avgustda futbolchi "Lester"dan "CHelsi"ga o'tishidan oldin unga qiziqib qo'rgan edi. Endi bu qiziqish biroz tartibsizlik paytida yana jonlandi. Biroq bu kelishuv taqdiri "CHelsi"ning Benni qo'yib yuborishga istak bildirishiga bog'liq bo'ladi. O'tgan yilning oktyabr oyida jarohat tufayli safdan chiqqan CHiluellni yanvarda qo'lga kiritish imkonsiz. Yozgi transferlar oynasida bunga urinib ko'rsa bo'ladi. CHiluell Grem Potter boshqaruvidagi jamoa bila n2025 yilgacha kuchda bo'ladigan shartnomaga ega.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика