So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  23 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  41 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  18 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Kanchelskisdan tortib Runigacha. "Manchester Yunayted"dan "Everton"ga yo'l olgan futbolchilar Yangiliklar

Kanchelskisdan tortib Runigacha. "Manchester Yunayted"dan "Everton"ga yo'l olgan futbolchilar

Qishki transfer vaqtida "Manchester Yunayted" futbolchisi Donni van de Bek ijara asosida "Everton"ga o'tdi.

"Daily Mail" nashri "qizil iblislar"ni "irislar"ga almashtirgan futbolchilar xususida malumot taqdim qildi.

Andrey Kanchelskis

"Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z vaqtida Angliya maydonlarida javlon urgan. 1991-1995 yillar oralig'ida rossiyalik sobiq futbolchi “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.  U “qizil iblislar” libosida 123 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 47 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. 1995 yilning avgust oyida esa "Everton"ga yo'l olgan. "Irislar" Andrey transferi uchun 5 million funt sterling sarflashgan. U Liverpul klubida ikki yil davomida 50 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urgan.

Jon O'keyn

Jon faoliyatining asosiy qismini ijarama-ijarada yurib o'tkazgan. U MYUda kuchli raqobat tufayli asosiy tarkibga kira olmagan. 1998 yilning yanvar oyida esa Jon 1 million funt sterling evaziga "Everton"ga yo'l olgan. Aytish kerakki, qahramonimizning ham "Everton"dagi ishlari yurishmagan Bir yil mobaynida atigi 14 ta uchrashuvda maydonga tushish – albatta, oz. O'keyn keyingi faoliyatini "Bolton" va "Blekpul" safida olib borib, 2006 yilda butsalarini mixga ilgan.

Yesper Blumkvist

SHveciyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ga 1998 yilda "Parma" klubidan kelib qo'shiladi. "Qizil iblislar" libosida uch mavsum davomida to'p tepadi. 1999 yilda jamoa bilan Evropa CHempionlar ligasini qo'lga kiritadi. 2001 yilning noyabrida esa erkin agent maqomida "Everton" safini to'ldiradi. Atigi bir mavsum davomida "irislar" safida o'ynagan Yesper 2002 yilda "CHarlton Atletik" safiga kelib qo'shiladi. 

Fil Nevill

Nevillarning kichigi bo'lgan Fil "Manchester Yunayted" akademiyasidan chiqqan va "qizil iblislar" safida 10 yildan uzoq vaqt to'p tepgan. 2005 yilning avgustida esa "Everton" Fil transferini 3,5 million funt sterling evaziga sotib olgan. Aytish kerakki, u "Everton"da ajoyib o'yinlar ko'rsatib, 8 yil davomida "ko'klar" safida 300 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan hamda shu jamoaning o'zida butsalarini mixga ilgan.

Tim Xovard

AQSH terma jamoasi sobiq darvozaboni Tim Xovard 2003-2007 yillar oralig'ida "Manchester Yunayted" sharafini himoya qiladi, biroq raqobat tufayli asosan zaxirada qolib ketadi. 2007 yilning fevralida "Everton" Xovard transferini elon qiladi. "Irislar" Timni 3 mln funt sterling evaziga sotib olishgan. "Gudison Park"da 10 mavsum davomida 400 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etib, keyinchalik vataniga qaytadi va bir muddat "Kolorado", undan so'ng "Memfis" sharafini himoya qiladi. 

Lui Saa

2004 yilda "Manchester Yunayted" klubi franciyalik hujumchi Lui Saani "Fulxem"dan olib keladi. To'rt yil davomida u "qizil iblislar" sharafini himoya qiladi. 2008 yilning sentyabrida esa "Everton"ga borib qo'shiladi. Aytish kerakki, Devid Moyes qo'l ostida ham Saa o'zini yo'qotib qo'ymaydi hamda ko'plab gollarning muallifiga aylanadi. 

Darron Gibson

Irlandiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"da uzoq yillar o'ynagan, lekin ko'p qismini ijara asosida boshqa jamoalarda o'tkazgan. 2012 yilda esa "Everton"ga yo'l olgan. Besh yillik faoliyati davomida 50 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. "Irislar" safini tark etganidan so'ng "Sanderlend", "Uigan" va "Salford" o'z omadini sinab ko'rgan. 

Tom Kleverli

2007-2015 yillar davomida "Manchester Yunayted"da o'ynagan Tom Kleverlini ko'pchilik yaxshi biladi. Tarkibda yuzaga kelgan ulkan raqobat sababli u asosan "Lester", "Uigan", "Aston Villa" va "Uotford"da ijarada o'ynaydi. 2015 yilning iyulida esa erkin agent maqomida "Gudison Park"ga yo'l oladi. Afsuski, "Everton"da ham Tom o'z darajasida o'ynay olmaydi hamda "Uotford"ga o'tadi.

Morgan SHnayderlin

Morgan "Sautgemton"dagi muvaffaqiyatli o'yinlari tufayli "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasiga tushadi. Natijada, 2015 yilda "qizil iblislar" 25 mln funt evaziga franciyalik xavbekni sotib olishadi. Biroq tajriba etishmagani sababli u "Old Trafford"da o'ynab keta olmaydi. 2017 yilning yanvarida esa "Everton" Morganni 20 mln fungta xarid qiladi. U jamoada asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi. 2021 yildan esa faoliyatini vatanida "Nicca" safida davom ettirish variantini tanlaydi.

Ueyn Runi

Aslida Runi faoliyatini "Everton"da boshlaydi va APLda shov-shuv ko'tarib yuboradi. Natijada, 2004 yilda "Manchester Yunayted" Runini sotib oladi. Ser Aleks Fergyusson davrida Runi chinakam yulduz darajasiga ko'tariladi. Klub bilan barcha musobaqalarda zafar quchadi. 2017 yilda esa "Everton" sobiq futbolchisini ortga qaytarishga muvaffaq bo'ladi. Buning uchun "irislar" 10 mln funt sterling sarflashadi.

Samandarbek tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика