Kamada: "Men klub rahbarlaridan bir yillik shartnoma so'radim, maoshimni oshirishni emas"
04 iyu 14:04
Yangiliklar
Kamada: "Men klub rahbarlaridan bir yillik shartnoma so'radim, maoshimni oshirishni emas"
Yarim himoyachi Daychi Kamada "Lacio"dan ketishini tasdiqladi.
"Lacio"dan ketishim aniq. Aslida men qolishni istagandim, lekin Lotito [klub egasi] bilan muzokaralar o'tkazish juda qiyinligini hamma biladi. Men shunchaki bir yillik shartnoma so'ragandim, ortiq hech nima emas. CHunki maoshimdan ham qanoatlanayotgandim. Biroq kelisha olmadik", - dedi yaponiyalik futbolchi.
Malumotlarga qaraganda, Kamada faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin turibdi.
Fikrlar