So’nggi yangiliklar

13:39ПСЖ Луис Энрике ўрнига Зинедин Зиданни тайинлаш ҳақида ўйламоқда  0 13:14"Машъал" Про лига ғолибига айланган учрашув ва тадқирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:42"Реал" ва "Ливерпуль" хавбекларни алмашиши мумкин  0 12:20"Барса" - "Реал" фахрийлари ўртасидаги ўйин. Роналдиньо "девятка"га гол урди  3 12:04Тен Ҳагни бўшатиш ва Аморимни олиб келиш МЮга қанчага тушди?  0 11:37Афсоналар баҳси: "Барса" "Реал"ни пенальтилар сериясига кўра мағлуб этди. Абидаль, Роналдиньо, Ривалдо vs Павон, Зеедорф, Фигу  4 11:20Қатарлик ҳужумчи, италиялик ҳимоячи МЮ ёш юлдузи. Йилнинг энг чиройли голини ким урди?  4 11:03The best-2024. Барча даъвогарлар битта саҳифада  13 10:59"Барселона" ёш ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  0 10:33"Goal" нашри ЕЧЛ ғолиблиги учун асосий номзодларни эълон қилди  18 10:07"Арсенал" собиқ футболчисининг ўғли "Челси"га ўтмоқда  0 09:46Теннисчи Рафаэль Надаль "Манчестер Сити" футболчилари билан учрашди  3 09:24Ла Лига ва PUMA қишки мавсум учун тўпларни намойиш этишди  1 08:53Нойер ПСЖ билан ўйинда Дембеле ва Барколадан кўпроқ алдамчи ҳаракат амалга оширди  0 08:26Коло-Муани "Арсенал"га кўчиб ўтиши мумкин  0

"Kalcho"ning qaytishi: A Seriya 30-turi uchun prevyu Yangiliklar

"Kalcho"ning qaytishi: A Seriya 30-turi uchun prevyu

Tez orada Italiya A Seriyasi 30-tur o'yinlari start oladi.

"Napoli" — "Atalanta"

Osimxen asosiy tarkibga qaytishi kerak, Kvaracxeliya esa jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuboradi, shunday ekan uning o'rnini Raspadori to'ldiradi. Qolgan joylarda syurprizlar kutish kerakmas. Gasperinida tarkib bilan bog'liq muammolar bor, terma jamoalardan Kompeynars va De Ketelare jarohatlar bilan kelishdi va umuman o'ynay olishmaydi. Bunday holatda Skamakkaga yordam beradigan Miranchuk va Pashalichni kutish mumkin.

"Napoli" o'tgan o'yinda mehmonda 2-1 hisobida g'alaba qozongan. Tabiiyki, jamoa hozirda uydagi o'yinda favorit hisoblanadi, ayniqsa bergamoliklarning muammolari fonida. Umuman olganda, bu o'yin CHempionlar ligasidagi o'rin nuqtai nazaridan juda muhim o'yin. SHunday ekan, u ancha yorqin va dinamik o'tadi deb o'ylayman, himoyada ikki jamoa ham hujumdagidan ko'ra yomonroq harakat qiladi.


"Lacio" — "Yuventus"

Igor Tudorning "bo'rilar" murabbiyligidagi debyut o'yinida nima o'ylab topishi juda qiziq. Jamoaga Pellegrini, Provedel va Laccari yordam bera olmaydi, Patrik va Rovellaning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida, shunday ekan bu masalalarni hal etish kerak. Vlaxovichning diskvalifikaciyasi va Milikning jarohatini hisobga olsak "keksa sinora" hujumida Kin o'ynaydi va unga Keza yordam beradi Maydon markaziga Rabo qaytadi, bu "keksa sinora" muxlislari uchun juda yaxshi xabar.

"Yuventus" ilk davrada 3-1 hisobida g'alaba qozondi va bu o'yinda ham favorit hisblanadi. O'yinni kuzatish ikki jamoada ham kadrlar va o'yindagi muammolar sabab juda qiziqarli bo'ladi. Bunday holatda ikki jamoa ham motivaciyaga to'la ekanligi sabab sermahsul o'yin kutishimiz mumkin.


"Fiorentina" — "Milan"

Ushbu o'yinda Kristensen va Kuame o'ynamaydi, Beltran va Gonsalesning ishtiroki og'ir safar sabab katta so'roq ostida, shu sabab hujumda Belottiga kim yordam berishi katta masala. Kera va Kalyulining jarohati, shuningdek Teoning diskvalifikaciyasi sabab Piolida undan ham ko'proq muammolar bor. Bunday holatda ko'p narsa latarellar bo'lmish Kalabriya va Florenciga bog'liq. Hujumda esa o'zgarmas Jiru-Leau juftligi.

"Milan" o'tgan safar 1-0 hisobida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi va hozir ham Florenciyaga favorit maqomida yo'l olmoqda. Tarkib bilan bog'liq muammolarga qaramay "Milan"ning zaxirasi ancha boyligi hayron qoldiradi, "Fiorentina" esa stabilligi bilan ajralib turmaydi, shunday ekan bunday jamoaga qarshi o'yinda ijobiy natijaga ishonish juda qiyin.


"Kalyari" — "Verona"

Luvumbo va Gaetanoning tiklanishi "Kalyari" uchun yaxshi xabar, ikkisi ham asosiy tarkibda tushishi va Lapadullaga yordam berishi kerak. Mina va SHomurodovning maydonga tushishi so'roq ostida, ammo yaxshiyamki, ikkisida ham jarohat yo'q. Jarohati sabab kamida bir oyni o'tkazib yuboradigan Suslov katta yo'qotishdir. Bunday holatda Barone Noslinning o'rnini egallashi, oldinda esa Folorunshoning mushaklar bilan jarohati va o'yinga tushishi katta so'roq ostida ekanligi sabab Sviderski paydo bo'ladi.

"Verona" o'tgan safar o'z uyida 2-0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi, ammo hozir umuman boshqacha va "Kalyari" favorit hisoblanadi. "Orolliklar" o'z uylarida juda xavfli, bunday o'yin ochkoni qo'lga kiritish juda muhim, ammo tartibli "Verona"ga qarshi oson bo'lmaydi. Unchalik samarador o'yin bo'lmasligi ehtimoli juda yuqori.


"Inter" — "Empoli"

Acherbi Jezus bilan bo'lgan mojarodan so'ng oqlangan holda bo'lib diskvalifikaciyadan saqlandi va maydonga chiqishga tayyor. CHalxanogluning terma jamoadagi jarohati jiddiymas, Zommer esa o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Argentina terma jamoasidan kech qaytgan Lautaroning ham o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlashi istisno emas. Malex diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuboradi, shunday ekan uning o'rnini Faccini egallaydi. Hujumda esa Kaputoning tiklanishidan so'ng Nikolada variantlar ko'p, ammo katta ehtimol bilan baribir Jurkovski va Nyangga imkoniyat beriladi.

"Inter" ilk davrada qiyinchiliksiz 1-0 hisobida g'alaba qozondi. Bu safar esa "Inter"da terma jamoalardagi o'yinlar va milanliklarning deyarli yarim tarkibi uzoq safardan kelgani sabab qiyinchilik bo'ladi. Bunday holatda "Empoli" ochko olishga juda qattiq harakat qiladi.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика