Jud Bellingem ECHL finali haqida gapirdi
01 iyu 00:55
Yangiliklar
Evropa CHempionlar Ligasi finali oldidan "Real" futbolchisi Jud Bellingem o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"SHunday o'yinlar uchun ham "Real"da o'ynayapman. Bu jamoa uchun maydonga tushishni, gollar urishni doim orzu qilganman.
"Real" doim ECHLni qo'lga kiritishga intiladi. Men ham ushbu jamoa bilan kichik tarix yaratmoqchiman.
Bunday darajadagi o'yinda qatnashish – men uchun o'zgacha ahamiyatga ega. ammo emociyalarimni maydon tashqarisida qoldirishga harakat qilaman. Eng yuqori darajamni ko'rsatishim shart. O'z darajamizda o'ynasak, boshqa jamoalarga qiyin bo'ladi. O'zimga 100% ishonmoqdaman", -deydi Jud Bellingem.
Malumot uchun, ECHL finalidan o'rin olgan "Real Madrid" va "Borussiya D" o'rtasidagi o'yin 1 iyun kuni soat 23:59 da start oladi.
Fikrlar