Joze Mourinyu “Roma”dagi kelajagi haqida: “SHartnoma har doim ham muhim rol o'ynamaydi"
03 apr 2023 09:32
Yangiliklar
Joze Mourinyu “Roma”dagi kelajagi haqida: “SHartnoma har doim ham muhim rol o'ynamaydi"
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyu kelajagi haqida gapirdi.
Portugaliyalikning rimliklar bilan kelishuvi kelasi mavsumda yakunlanadi. Biroq bazi manbalarda yakunlanayotgan mavsum Joze uchun so'nggisi bo'lishi mumkinligi xabar qilindi.
“Bir necha oy oldin “Roma” bosh direktori qolishimni aytdi, ammo bu uning fikri. Men bu haqida hali hech narsa demadim. SHartnomam tugashiga hali bir yil bor. Lekin bu futbol, futbolda esa shartnoma muddati har doim ham muhim rol o'ynamasligi mumkin. Men xotirjamman! Men uchun eng muhimi keyingi o'yin”, — dedi 60 yoshli murabbiy.
Malumot uchun, “Roma” ayni damda Italiya chempionatida 50 ochko bilan beshinchi pog'onada ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar