Jota - Ronaldu haqida: "Evro-2024 uning termadagi so'nggi turniri deb hisoblamayman"
02 avg 20:35
Yangiliklar
Jota - Ronaldu haqida: "Evro-2024 uning termadagi so'nggi turniri deb hisoblamayman"
Portugaliya termasi futbolchisi Diogu Jota milliy jamoa sardori Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
Portugaliya termasi Evro-2024 chorak finalida Franciya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
"Bu haqda nimadir deyish qiyin. Biz oxirigacha bora olardik, biroq chorak finalda mag'lub bo'ldik. O'z vatanimga doimo yordam berishga tayyorman.
Evro-2024 Ronaldu uchun termadagi so'nggi turnir deb hisoblamayman. U bu mening so'nggi turnirim deganini eshitmadim ham. Uzoq yillardan beri u menga doimo ilhom berib kelgan.
U mening kumirim, "Oltin to'p"ning ko'p karra sohibi. U men uchun doimo namuna bo'lib kelgan. U bilan bir kiyim almashtirish xonasida o'tirganimdan, nimalarnidir o'rganganimdan xursandman. Undan doimo minnatdorman", - dedi Jota.
Fikrlar