So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" – "Динамо" (матнли трансляция)  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  4 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  0 18:10Суперлига. "Шўртан" - "Навбаҳор" 2:1 (матнли трансляция)  30 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   54 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  18 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  12 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  14 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  3 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0

Jo'ra Xonazarov xotira turniri bo'lib o'tdi Yangiliklar

Jo'ra Xonazarov xotira turniri bo'lib o'tdi

Teglar :  Jo'ra Xonazarov
Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanidagi Xalqobod qo'rg'onida joylashgan stadionda 2004 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'zbek futbolining fidoiysi Jo'ra Xonazarov xotirasiga bag'ishlangan turnir yakunlandi.
Jo'ra ota Xonazarov - o'zbek futboli rivojiga katta xissa qo'shgan fidoiy inson edi. U kishi qaysi xo'jalikda ishlamasin, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini yaratib berishga katta etibor qaratganini alohida takidlash lozim. Toshkent viloyatining bir qator tumanlari hamda Qozog'iston davlatida ham J.Xonazarov tomonidan barpo etilgan stadionlar hamon barchaga xizmat qilmoqda.

Toshkent viloyati sport o'yinlari turi va engil atletika bo'yicha Ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi rahbariyati (direktor – T.Tashmuxamedov) tashabbusi bilan ananaviy musobaqa 18-marta tashkillashtirildi. Bu yilgi bellashuvlarda  20 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Guruh uchrashuvlari G'azalkent va Qiziltog' shaharlari shuningdek, Yuqorichirchiq va Yangiyo'l tumanlarida kechdi.

-Maktab o'quvchilariningdam olish kunlarini yanada mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, yozgi tatil davomida bir qator tadbirlar va sport musobaqalari o'tkazish rejalashtirilgan. Jumladan, o'zbek futbolining fidoiysi, O'zbekiston Futbol Federaciyasining ijroqo'mi faxriy azosi Jo'ra Xonazarov xotirasiga bag'ishlangan turnir yuqoridagi fikrimni isbotlaydi. Guvohi bo'lganingizdek, barcha uchrashuvlar o'ta murosasiz tarzda kechdi. O'ylaymanki, bugungi turnir yangi nomlarni kashf etishga va shu yoshdagi terma jamoamizga munosib nomzodlarni tanlab olishga xizmat qilishi shubhasiz, - deydi biz bilan suhbatda IBO'SM direktori T.Tashmuxamedov.

 Toshkent viloyati terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta qo'lga kiritdi.

Finalda  "Yangiyo'l" futbol maktab-internati hamda Toshkent viloyati terma jamoasi g'oliblik uchun kurashdi. Takidlash joizki, o'yin juda qizg'in kurashlar ostida kechdi. Ikkala jamoada ham o'yinda g'alaba qozonish uchun ko'lab golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo yakunda birgina kiritilgan gol final taqdirini hal qildi. Musobaqani amaldagi chempion sifatida boshlagan Toshkent viloyati terma jamoasi yana bir bor eng kuchli ekanligini amalda isbotladi.

Turnirning yopilish marosimida o'zbek futboli faxriylari - To'lagan Isoqov, Vyacheslav Soloxo, SHamil Yafarov, Nikolay Lyubarcev, Ivan SHkandinlar qatnashishdi.
Turnir g'oliblari va sovrindorlariga diplom, medallar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика