Jizzaxda mahallalar o'rtasida futzal bo'yicha viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi
21 dek 2017 11:42
Yangiliklar
Jizzaxda mahallalar o'rtasida futzal bo'yicha viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi
Jizzaz viloyati Sport o'yinlari va engil atletika IBO'SM tomonidan 13-20 dekabr kunlari Jizzax shaxri va hududidagi mahallalar o'rtasida futzal bo'yicha "Viloyat ochiq birinchiligi" musoboqasi tashkil etildi.
Ushbu musoboqada uyushmagan yoshlardan tashkil topgan 12 ta jamoa, 330 dan ko'proq yoshlar ishtirok etdi.
Yakunda, "Zilol" mahallasining "Istiqlol" jamoasi 1-o'rinni, "Hayrabod" mahallasining "Hayrabod-2" jamoasi 2-o'rinni, "Sayiljoyi" mahallasining "Arsenal" jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Ushbu musobaqada "Eng yaxshi darvozabon" Husan Qo'chqorov, "Eng yaxshi to'purar" Hasan Qo'chqorov, "Eng yaxshi futbolchi" Qahramon Bahodirov munosib deb topildi. G'oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan sertifikatlar va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Dildora Xolboeva
Jizzax shaxridan maxsus
Fikrlar