So’nggi yangiliklar

21:23РПЛ. "Динамо" ва ЦСКА Москва дербисида тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:22Лига 1. Ҳусанов ва "Ланс" "Страсбур" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  8 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4 21:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. ФИНАЛ. Бразилия — Аргентина (матнли трансляция)  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  7 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  5 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

Jiddiy maqola. Mashhur futbolchilar haqida tragik voqealar TOP-10 Yangiliklar

Jiddiy maqola. Mashhur futbolchilar haqida tragik voqealar TOP-10

Futbolchilar ham oddiy odam. Ularda ham xuddi, biz yoki siz kabi xar xil yaxshi yoki yomon holatlarga tushib turishadi. Biz esa sizlarga mana shunday yomon xotiralari taqdim etamiz.

10. 20 yoshida Krishtianu Ronalduning otasi vafot etgan

2005 yil. Portugaliya terma jamoasi safida Gollandiya termasiga qarshi o'yinga tushgan vaqtida Ronalduga otasining vafoti haqida malumot berishdi. U maydondaligida yig'lab yubordi. Uchrashuvning 34-daqiqasida uning o'rniga boshqa futbolchi maydonga tushdi. MYU safida keyingi o'yinida urgan golini otasiga bag'ishlagandi. Keyinchalik otasining vafoti yaqinlashgan vaqtda urgan golida otasini xotirlaydigan bo'ldi.



9. Zinedin Zidan yoshligida juda kambag'al bo'lgan

Futbolning tirik afsonasi, "Real"ni ketma ket ikki marta ECHLda chempion qilgan, uchinchisini ham xohlayotgan Zinedin Zidan yoshligida juda kambag'al, o'zi oilada eng kichik farzand bo'lgan. Yashaydigan uyi esa juda kichkina va tor edi. SHu boisdan Zidan tezroq sportchi bo'lish uchun sportning kikboksing va velosport turlariga qatnashgan.

8. Zlatan Ibragimovich - yoshligida ovqatga pul topish uchun o'g'irlik qilgan

2 yoshga kirganida ota-onasi ajrashadi. Bo'lajak futbolchining onasi bolalarini boqish uchun tirishqoqlik bilan ishlaydi. Zlatan esa velosipedlar o'g'risiga aylanadi. 15 yoshiga kirganida futbol o'ynagisi kelmaydi va oilasini boqish uchun ish topadi va ishlaydi. Keyinchalik uni bir murabbiy ko'rib qoladi va futbol bilan shug'ullantiradi.



7. Luis Suares - yoshligida ota-onasi ajrashadi va buvisi va akalari bilan yashaydi

Luisning oilasida 7 o'g'il bo'lgan, ularni boqish oson emasdi. Luis 9 yoshga kirganida uning ota-onasi ajrashadi, oqibatda oila azolari bo'linib ketadi. Bolalar u erdan bu erga ko'chib yurishadi. Luisning so'zlariga ko'ra, yashagisi kelmayotgan vaqtida uni hayotini bo'lajak turmush o'rtog'i - Sofiya Balbi qutqargan. Aynan u bilan tanishgandan keyin oldiga maqsad qo'ygan va hozirgi darajasiga etgan.

6. Anxel Di Mariya - chuqurga yiqilib tushgan va mo'jiza tufayli tirik qolgan

Bolaligida Di Mariya chuqurga yiqilib tushgan. Bir necha joyi singan. Mo'jiza tufayli u tuzalib ketgan.



5. Luka Modrich - oyog'i sinib, futboldan ketishi mumkin bo'lgan

Modrichning oilasi juda kambag'al bo'lgan. Luka endi futbol bilan shug'ullanishni boshlaganida otasi unga oyoqni himoyalovchi buyum (shit) sotib olib bera olmagan. SHu boisdan unga eman daraxtidan shunday shitlar yasab bergan. Bir kuni maydonda do'stlari bilan futbol o'ynayotganida oyog'iga qattiq zarba qabul qilib oladi va oyoq sinadi. Baxtni qarangki, uning omadi keladi va futbol o'ynashni davom ettiradi.



4. Leo Messi - bo'yi o'smasligidagi gormonal kamchiliklar

Messi bolalik yillarida bozorda choy sotgan. Oilasi juda kambag'al bo'lgan. Otasi choy fabrikasida ishlagan, onasi esa farrosh bo'lgan.

9 yoshligida unga dahshatli tashxis qo'yiladi - bo'yi o'smasligidagi gormon etishmaslik. Bunday kasallik bilan futbol o'ynamaslik kerak edi. Argentina jamoalari uni davolash uchun pul to'lab berishmadi. Uning davolanishi uchun oyiga 1000 dollar ketardi. Keyinchalik "Barselona" pulni to'lab berishga rozi bo'ladi va shu orqali Messining jamoa bilan yo'llari to'qnash keladi.

3. Karlos Teves - bolaligida ustiga qaynoq suv to'kilib ketgan

Karlos 1 yoshga ham to'lmaganida onasi undan voz kechadi va uydan ketib qoladi. Oradan 2 oy o'tib u o'zi uchun qahva tayyorlamoqchi bo'ladi va qaynoq suvni olayotganida ustiga to'kilib ketadi. Bunga 3-darajali kuyish deb baho beriladi. Karlos dahshatli yaralar to'siq bo'lsa ham, uni engib o'ta oldi. 6 yoshligida esa yana bir dahshatli hodisa ro'y beradi. Uning otasini otib ketishadi. Otaning tanasidan 23 ta o'q topiladi.

2. Yakub Blashhikovski - otasi onasini o'ldirayotganining guvohi bo'lib qoladi

Odam uchun bundan og'ir taqdir bo'lmasa kerak. Yakub 6 yoshga kirganida dahshatli hodisaning guvohi bo'lib qoladi. Otasi Yakubning onasini ko'z oldida o'ldirib qo'yadi. Bu esa bolakayni karaxt ahvolga tushurdi. Futbol bilan shug'ullanayotganida depressiya holatiga tushib qoladi. Kelajakda Yakub Polsha terma jamoasining sardori bo'ladi.

1. Frank Riberi - 2 yoshligida avtohalokat natijasida ota-onasidan ajraladi va bir umr ketmaydigan chandiqlarni orttirib oladi

Frank Riberining tragik hodisasi ayanchliroq. 2 yoshligida u va oilasi avtohalokatga uchraydi. O'sha vaqtda ular o'tirgan avtomobil yuk mashinasi bilan to'qnashib ketadi. Frank oynaga uriladi va boshi yoriladi. SHundan keyin uning tanasiga 100dan oshiq chok tushadi va bir umr ketmaydigan chandiqlarni orttirib oladi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика