So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"JFL" va "Odil Junior" birlashdi va ular Italiyaning "Karpi" jamoasi bilan shartnoma tuzdilar Yangiliklar

"JFL" va "Odil Junior" birlashdi va ular Italiyaning "Karpi" jamoasi bilan shartnoma tuzdilar

Ikki oy davom etgan muzokaralardan so'ng, Italiya "B" Seriyasi vakili Modenaning "Karpi" klubi bilan "JFL" jamoasi o'zaro hamkorlik yuzasidan shartnoma imzoladi.

Sentyabr oyida Rimda bo'lib o'tgan muzokaralarda, "Karpi" futbol akademiyasi sport direktori Daniel Andreocci, jamoa akademiyasining kotibi Francesko Falkoneti hamda "Karpi" futbol akademiyasi murabbiylari bilan ishlovchi "instruktor" Loris Karbonelli o'zbekistonlik mutaxassislar bilan istiqbolli rejalar haqida gaplashib o'tgandilar.

Unga ko'ra Italiyada ikkinchi "Atalanta" bo'lishni o'z oldiga maqsad qilgan ("Atalanta" so'nggi 10 yilda Evropaga eng ko'p futbolchi tarbiyalab sotgan klub hisoblanadi) "Karpi" jamoasi, bugungi kunda Italiyada 70ta filialga ega va ularning bari klub tomonidan nazorat qilinadi. Ular qatoriga 1 noyabr sanasidan "JFL Tashkent"  bolalar futbol klubi "Odil Junior" brendi bilan qo'shildi. 

"Karpi" Italiya, Ispaniya va Germaniya metodikalarini mujassamlashtirgan holda, o'z modelini ishlab chiqqan. Boshqa klublardan farqi ravishda, "Karpi" futbol akademiyasiga kirish mutlaqo bepul. "Odil Junior Carpi" futbolchilari har yili "Karpi" akademiyasi tomonidan tashkil qilinadigan skaut kunida qatnashadilar va ularning talabiga mos futbolchi 10 yoshdan boshlab faoliyatini Italiya akademiyasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Hozircha jamoalar 1 yilga mo'ljallangan bitimga imzo chekdilar. Mazkur loyiha Toshkent va Namangan viloyatlarida qo'llaniladi. Endi sobiq "JFL" jamoasi 1 yil uchun uch nafar futbolchini emas, istedodli bo'lgan barcha futbolchini bepul o'z klubiga qabul qiladi. SHartnoma asosida faoliyat olib borayotgan tarbiyalanuvchilarning ham narxi 50%ga tushdi. 


  • Dekabr oyida "Odil Junior Carpi" jamoasi Italiyaning Rim, Abrucco, Modena va Milan shaharlarida bo'lib, Italiya klublariga qarshi maydonga chiqadilar. Unda "Odil Junior Carpi" jamoasining 6 nafar futbolchisi to'liq, klub hisobidan Evropaga yo'l oladilar. Maqsad, eng yaxshi futbolchilarni hozirdanoq Evropa havosiga ko'niktirish va ularni O'zbekiston futboliga bo'lgan etiborini qozonish.

"Odil Junior Capri" jamoasining murabbiylari dekabr oyida Italiyada malaka oshirib qaytadilar. Bugungi kunda italiyaliklar dunyo bo'yicha elit murabbiylar qatoridan joy olganlar. Mart oyida Italiyadan ikki nafar skaut tashrif buyuradi va ular O'zbekistondagi istedodlarni payqasalar, ularni o'z klublariga taklif qiladilar.

"Odil Junior Carpi" jamoasi bu bilan chegaralanmaydi. Jamoa vakillari Ispaniya, Germaniya so'nggi yillarda sifatli musobaqalar o'tkazish bilan mashg'ul bo'layotgan Bolgariya kabi davlatlar bilan ham yaqindan aloqalarni yo'lga qo'yadi. Ajab emas bu bilan O'zbekiston futbolining rivojiga xissa qo'shsak. 

Ayni paytda "Odil Junior Carpi" jamoasida 5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni o'z safida shug'ullantirayapti. Aynan shu bolalar Italiyada ko'rikdan o'tadilar. Bugungi kunda klub azolari, futboldan tashqari guruhiga qarab Taekvando va basseyn xizmatlaridan ham foydalanmoqdalar. Osiyoning eng yaxshi murabbiyi Rauf Inileev va O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri Zayniddin Tojiev ham aynan shu maktabda faoliyat olib borayaptilar.

Mart oyida "Karpi"ning ikki nafar mutaxassisi o'rtasida bir oyga yaqin o'quv seminarlari bo'lib o'tadi. Bularning bari boshqa klub murabbiylari uchun ham bepul bo'ladi.

Siz ham safimizga qo'shilishni istaysizmi? 

Malumot uchun telefon: +99897 4092719 (soat 10:00dan 20:00gacha)

P.S: Futbolga uydan qatnash talab etiladi. Maktab mavjud emas.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика