So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

"JFL Tashkent"da 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarga guruh yohud super yangilik Yangiliklar

"JFL Tashkent"da 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarga guruh yohud super yangilik

Teglar :  JFL TashkentEvropa
Evropa metodikasi asosida faoliyat boshlagan klubdan yangilik.

Ispaniyalik mutaxassisni O'zbekistonga tashrif buyurishi ortida katta yutuqlarga erishildi. Kiko Zuniga bilan hamkorlikda, endi "JFL Tashkent"ga azo va istedodi yuqori bo'lgan futbolchilar bir yilda bir marotaba Evropaning grand klublari akademiyalariga tavsiya qilinadi.

O'zbek futboli rivoji yo'lida nafaqat "JFL Tashkent", balki boshqa klubdagi istedod egalari ham shunday imkoniyatga ega bo'ladilar. Bu borada "Best Sport Media" kompaniyasi tomonidan tashkil qilinayotgan musobaqalarda jamoalar faol ishtirok etsalar bo'lgani.

SHu munosabat bilan, "JFL Tashkent" qoshida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun yangi guruh ochilganligini malum qilamiz. Bu guruh shartnoma to'lovidan tashqari, imtihon asosida qabul qilinadi. "JFL Tashkent"ning ustunligi, xalqaro munosabatlarni o'rnatayotganlida. Undan tashqari xorij klublari nazariga tushadigan yaxshi futbolchilarni hech qanday qarshiliksiz qo'yib yuborishida bo'ladi.

SHuningdek, 2007 va 2008 yillar uchun yangi guruhni ochilganligini malum qilamiz.

Mazkur ikki guruh 2017 yilning iyun oyida o'z faoliyatini boshlaydi.

"Yoz oyining o'rtasida Sizlarni juda katta yangilik kutib turibdi. Hozircha bu haqda indamay turganimiz maqul. Vodiyda shu loyihani Odil Ahmedov bilan hamkorlikda qilamiz. Surxondaryo bo'yicha ham ish boshlab yuborildi. Bitta nuqtamiz Samarqandda bo'ladi. Maqsadimiz futbolchilarni 20-22 yoshga kirishini kutish emas, hozirdanoq ularga Evropa eshiklarini ochish. "JFL Tashkent" orqali viloyatlardagi istedod egalariga katta maydonga yo'l ochishni reja qilayapmiz. Birgina surxondaryolik bolani "Barselona" akademiyasiga tavsiya qilinishi biz uchun juda katta yutuq. SHunday bolalar yoz "JFL Tashkent"da katta o'yin amaliyotiga ega bo'ladilar va ulardagi malumotlar uch oy davomida skautlarga taqdim qilib boriladi. Huddi shunday yaxshi bolani Namanganda ham ko'rdik. O'zimizda ham ikki nafar bola ularga maqul kelgan. Endi ular bilan ishlashimiz qoldi xolos.

2006 yil uchun ochiladigan jamoamiz futbolchilari esa hozircha nomi sir tutilib turila qolsin, bitta juda mashhur xorijiy klubning skautlari nigohida bo'ladi", - deydi klub Vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev.


2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar uchun: (+99894) 639-4699

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика