So’nggi yangiliklar

15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  1 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  0 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  1 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  20 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14

Jerrard: "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz" Yangiliklar

Jerrard: "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz"

"Reynjers" rasmiy sayti 11 yanvar kuni jamoa Toshkentning "Lokomotiv"iga qarshi sinov-nazorat o'yini o'tkazilishini malum qildi.

Ushbu o'yin Dubay sport uyushmasi va "Adolatli futbol" tashkiloti tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 3da Dubaydagi "Sevens" stadionida bo'lib o'tadi.

"Lokomotiv" O'zbekistonning uch karra chempioni, mamlakat Superkubogining amaldagi egasi va Osiyo CHempionlar Ligasining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.

"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerard: "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Dubaydagi iliq havoda o'yin yuqori sifatda o'tishi shubxasiz.

Biz mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorgarlik yaxshi bo'lishini istaymiz va bo'lajak o'rtoqlik o'yinlari biz uchun muhim ahamiyat kasb etishini aytib o'taman".

"Lokomotiv" O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan. O'zbekiston O'rta Osiyoda eng ko'p aholiga ega bo'lgan davlatlardan biri hisoblanadi.

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ham o'z fikrlarini bildirdi: "Reynjers" kabi buyuk tarix va katta shon-shuhratga ega bo'lgan jamoaga qarshi o'ynash biz va o'zbek futboli ahli uchun ham anchagina hayajonli.

Dubaydagi mavsumoldi yig'inlar yakunlanganidan keyin asosiy tarkib uchun kurash kuchayadi. SHu boisdan jamoa "Reynjers"ga qarshi bahsda bor kuchini berib o'ynashga harakat qiladi"

"Sevens" stadioni futbolning ayni damdagi barcha talablariga javob beradigan sharoitlarga ega, o'z bag'riga 50 mingdan ziyod muxlislarni sig'dira oladi. Bunga qadar ushbu stadionda "Real" hamda "Milan" jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishgan, shuningdek, Jastin Biber ham koncert bergan.

"Reynjers" jamoasi esa Dubayda 6-12 yanvar kunlari o'z yig'inini o'tkazib qaytadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика