Jeko "Nyukasl"ga o'tishi mumkin
21 dek 2021 19:01
Yangiliklar
Jeko "Nyukasl"ga o'tishi mumkin
"Nyukasl" qishki transfer oynasida "Inter" hujumchisi Edin Jekoni qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Xabarga ko'ra, ingliz klubi bosniyalik uchun munosib pul taklif qilishga tayyor. Biroq "Inter" bu taklifni jiddiy ko'rib chiqmasa kerak, chunki Jeko jamoaga yaxshi moslashib ketdi va Milan klubi A Seriya va CHempionlar ligasida uning yordamiga umid qilmoqda.
35 yoshli Jeko o'tgan yozda erkin agent sifatida "Inter"ga o'tgan edi. Bungacha u "Roma", "Manchester Siti" va boshqa klublarda o'ynagan.
Jeko joriy mavsumda "Inter" safida Italiya chempionati va CHempionlar ligasida 23 o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar