So’nggi yangiliklar

10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  0 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  0 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  2 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  8 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  8 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1

JCHga yo'llanma beradigan U-20 Osiyo chempionatiga chorshanba kuni qura tashlanadi Yangiliklar

JCHga yo'llanma beradigan U-20 Osiyo chempionatiga chorshanba kuni qura tashlanadi

Navbatdagi U-20 Osiyo chempionati kelasi yilning 1-18 mart kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa uchun qura marosimi 26 oktyabr, chorshanba kuni Toshkentda o'tkaziladi. Qura 12:00da boshlanadi. 

O'zbekiston mezbon bo'lgani bois 1-savatchadan joy olgan. Quyida savatchalarni keltirib o'tamiz. 

1-savatcha: O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar. 

2-savatcha: Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya. 

3-savatcha: Iordaniya, Xitoy, Iroq, Vetnam. 

4-savatcha: Eron, Ummon, Suriya, Qirg'iziston. 


Qura o'tkazish tartibiga ko'ra, jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, biz "A" guruhidan joy olamiz va bizning guruhda Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya bo'lmaydi. 

U-20 Osiyo chempionatida yarim finalga chiqqan 4ta jamoa 2023 yil Indoneziyada tashkil etiladigan U-20 Jahon chempionatiga yo'l oladi. Eslatib o'tamiz, FIFA U-20 Jahon chempionatiga Osiyo uchun mezbon Indoneziyadan tashqari yana 4ta yo'llanma ajratgan. 

O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi terma jamoa Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика