So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

JCH saralash qurasiga Osiyocha qarash: Vazifani kim qanday uddaladi? Yangiliklar

JCH saralash qurasiga Osiyocha qarash: Vazifani kim qanday uddaladi?

Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da JCH-2022 musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.

Malumki, bu yilgi jahon chempionati 21 noyabr - 18 dekabr oralig'ida Qatarda bo'lib o'tadi. Hozirgi paytga kelib Osiyoning to'rt jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan: Eron, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va Yaponiya (albatta, mezbon Qatardan tashqari). 

Saralashning oxirgi bosqichida o'z guruhlarida uchinchi o'rinni egallagan Avstraliya va BAA dastlab o'zaro kuch sinashadi. G'olib bo'lgan jamoa qitalararo pley-off o'yinlariga yo'l oladi. Faqat shundan keyingina Osiyodan nechta jamoa ishtirok etishi to'liq malum bo'ladi. 


SHu o'rinda savatchalarni yana bir karra eslab o'tsak:

Birinchi savatcha: Qatar (mezbon), Braziliya, Belgiya, Franciya, Argentina, Angliya, Ispaniya, Portugaliya.

Ikkinchi savatcha: Niderlandiya, Daniya, Meksika, Germaniya, AQSH, Urugvay, SHveycariya, Xorvatiya.

Uchinchi savatcha: Senegal, Eron, Yaponiya, Marokash, Serbiya, Polsha, Janubiy Koreya, Tunis.

To'rtinchi savatcha: Kamerun, Kanada, Ekvador, Saudiya Arabistoni, Gana, Peru/Avstraliya/BAA jamoalaridan biri, Kosta-Rika yoki Yangi Zelandiya, SHotlandiya/Ukraina/Uels terma jamoalaridan biri.


Keling, endi Osiyo jamoalarining qanday qilib jahon chempionatiga chiqqaniga biroz to'xtalib o'tamiz. 


QATAR

JCH-2022 mezboni Qatar avtomatik ravishda saralash o'yinlaridan ozod qilindi. Feliks Sanches shogirdlari 2019 yil Osiyo Kubogini qo'lga kiritgach, oradan ko'p o'tmay Kopa Amerikada ishtirok etdi. O'tgan yil esa CONCACAF Gold Cup musobaqasida o'z kuchini sinab, yarim finalga qadar etib bordi. Qatar terma jamoasi bungacha jahon chempionatlarida qatnashmagan, demak bu ular uchun birinchi mundial bo'ladi. 


ERON

Esingizdami, Eron terma jamoasi hatto saralashning uchinchi bosqichiga chiqa olmay qolishi mumkin edi. Ularning vaziyati bizdan ham og'ir bo'lib, yakunda Eron matonat ko'rsata oldi va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Oxirgi bosqichda ayniqsa Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Alirizo Jahonbaxsh kabi futbolchilarning o'yini terma jamoaga juda katta yordam berdi. Bu jamoa oxirgi 10 o'yinda 25 ochko to'plab, 3-o'rindagi BAA termasini 13 ochkoga ortda qoldirdi. 


JANUBIY KOREYA

Janubiy Koreya terma jamoasi ham JCH saralash o'yinlarini yuqori notada o'tkazdi. Deyarli ikki oy oldin bu jamoaning mundialga borishi hal bo'lib ulgurgandi, negaki koreyaliklar mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda edi. Biroq oxirgi turda BAA termasidan uchralgan mag'lubiyat kutilmagan hol bo'ldi. Ammo bungacha Paulu Bentu shogirdlari masalani hal qilib qo'yishgandi. Koreyaliklar uchun ayniqsa JCH-2002 musobaqasi alohida ahamiyat kasb etadi. O'shanda Guus Xiddink shogirdlari yarim finalga qadar etib borgan. 


SAUDIYA ARABISTONI

Franciyalik murabbiy Erve Renarga gap bo'lishi mumkin emas. Olimpiya o'yinlari shiorini bilasiz-a: Keldim, ko'rdim, g'alaba qozondim. Renar ham shunday yo'l tutdi: Afrikadan Osiyoga keldi va Marokashda amalga oshirgan ishini Saudiya Arabistoni bilan uddaladi. Saudiyaliklar bejizga 10ta o'yindan 7tasida zafar quchgani yo'q. Bunda ham murabbiyning hissasi katta. Bu jamoa JCH-2018da umuman o'zini ko'rsata olmagandi. Bu yil nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. 


YAPONIYA

Yaponiya terma jamoasining jahon chempionatidan quruq qolishigina sensaciya bo'ladi. Ular allaqachon o'z muxlislarini JCH qaerda bo'lmasin, ergashtirib yurishga o'rganib qolgan. Bir qarashda "samuraylar" saralashning oxirgi bosqichini oson o'tkazgandek. Lekin aslida bunday emas. Boshidagi ikkita mag'lubiyat (Ummon va Saudiya Arabistonidan) esingizdami? Yaponiya bir qarashda autsayderga o'xshab qolgandi, ammo keyingi uch o'yinda g'alaba qozonib, tezda vaziyatni o'nglab oldi. Natija esa malum: Qatar yo'llanmasi cho'ntakda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика