So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

JCH saralash. Ertaga Osiyo jamoalari 4-turni o'tkazadi Yangiliklar

JCH saralash. Ertaga Osiyo jamoalari 4-turni o'tkazadi

Teglar :  JCH saralashOsiyo
Ertaga, 12 oktyabr kuni Osiyo mintaqasida jahon chempionati saralash o'yinlari davom etadi.

"A" guruhi: Eron - peshqadam

Saralashning uchinchi bosqichida uchta tur ortda qoldi. "A" guruhiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Eron milliy terma jamoasi 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 7 ochko bor. 

3-tur natijalari. 7 oktyabr

Janubiy Koreya - Suriya 2:1

Iroq - Livan 0:0

BAA - Eron 0:1

Eronliklar o'tgan tur safarda BAAni mag'lub etib qaytishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 70-daqiqada Mehdi Taremi tomonidan kiritildi. Dohada bo'lib o'tgan Iroq - Livan bahsida hisob ochilmagan bo'lsa, Janubiy Koreya o'z maydonida qiyinchilik bilan Suriyani mag'lub etdi.

 

Ertaga shubhasiz guruhning markaziy o'yini Eron va Janubiy Koreya o'rtasida kechadi. Uchrashuv Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. BAA termasi Dubayda Iroqni qabul qilsa, Suriya Iordaniyada Livan bilan kuch sinashadi. 

4-tur uchrashuvlari. 12 oktyabr

Eron - Janubiy Koreya

BAA - Iroq

Suriya - Livan


"B" guruhi: Avstraliya - peshqadam

"B" guruhida Avstraliya yo'qotishlarsiz bormoqda. "Sokkeruzlar" dastlabki uchta turning hammasida zafar quchishdi. SHuningdek, Saudiya Arabistoni ham 9 ochko to'plagan, biroq to'plar nisbatiga ko'ra Avstraliyadan keyin turibdi.

3-tur natijalari. 7 oktyabr

Saudiya Arabistoni - Yaponiya 1:0

Xitoy - Vetnam 3:2

Avstraliya - Ummon 3:1

Hayron qolarli tomoni shundaki, uchta o'yin o'tkazgan Yaponiya allaqachon ikki bor mag'lubiyatga uchradi. Yaponlar dastlab uyda Ummonga, so'ngra safarda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berishdi. Xitoy - Vetnam bahsi nihoyatda dramatik tarzda kechib, yakunda xitoyliklarning qo'li baland keldi. Avstraliya esa Ummonni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi. 


4-tur uchrashuvlari. 12 oktyabr

Yaponiya - Avstraliya

Saudiya Arabistoni - Xitoy

Ummon - Vetnam

Ertaga bo'lib o'tadigan o'yinlarda Yaponiya deyarli hal qiluvchi bahsni o'tkazadi. Agar maydon egalari yana g'alaba qozona olishmasa, Yaponiyaning jahon chempionatiga chiqishi birmuncha murakkablashadi. Saudiya Arabistoni yana o'z maydonida o'ynaydi va bu safar Xitoyni qabul qiladi. Ummon esa Vetnam bilan kuch sinashadi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика