So’nggi yangiliklar

19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  0 18:44ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" (матнли трансляция)  47 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  6 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  8 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  7 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  15 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  11 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   252 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  8 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3

JCH-2022 saralash. Dragan Skochich: "Eronga qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q" Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Dragan Skochich: "Eronga qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q"

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skochich mahalliy OAVga intervyu berdi.

Malumki, Eron milliy terma jamoasini oktyabr va noyabrda JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan o'ta muhim bahslar kutmoqda. Bahrayn va Iroqqa mag'lub bo'lganidan so'ng bu jamoa birmuncha qiyin ahvolda qolgan va guruhdan chiqish uchun qolgan o'yinlarning hammasini yutishga to'g'ri keladi. 

To'rt oyga yaqin tanaffusdan so'ng yana restart olgan Eron chempionatini murabbiy diqqat bilan kuzatib kelmoqda. "Men qaytganimdan beri bekor o'tirganim yo'q, - deydi Dragan Skochich. - CHempionat o'yinlariga borib bir qator futbolchilarni kuzatyapman. Terma jamoaga loyiq futbolchilarni o'rganishda davom etaman. Kuzda bizni muhim o'yinlar kutib turibdi. Guruhdan chiqish uchun Kambodja, Gonkong, Bahrayn va Iroqni mag'lub etishimiz shart".

51 yoshli murabbiy o'z intervyusida yana shunday dedi: "Albatta, hozirgi vaziyat yaxshi emas. Biroq kelajakka umid bilan qarayapmiz. Men Eronda katta ishlarni amalga oshirishni xohlayman. Terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqish bosh maqsadim hisoblanadi. Eng muhimi, futbolchilarning ko'zi yonib turganini ko'rish. SHundagina mening ishim ham osonlashadi. Katta o'ylaydigan payt keldi. Eron Osiyoda muhim o'rin tutadi, bu mamlakat uchun jahon chempionatiga chiqish naqadar muhim ekanini juda yaxshi tushunaman. Men ham shu maqsadda kelganman".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика