So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

JCH-2022: Ochilish o'yini sotilgan deb taxmin qilingan Katar - Ekvador o'yini uchun prevyu Yangiliklar

JCH-2022: Ochilish o'yini sotilgan deb taxmin qilingan Katar - Ekvador o'yini uchun prevyu

Bugun 20 noyabr kuni 4 yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri – futbol bo'yicha terma jamoalar o'rtasida mundial boshlanadi.

Dastlabki o'yin mezbon Qatar hamda Ekvador o'rtasida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da «Al Bayt» stadionida boshlanadi.


O'yin sotilgan bo'lishi mumkinmi?

Turnir boshlanishidan oldin Britaniyaning Yaqin SHarq tadqiqotlari markazining mintaqaviy rahbari, siyosatchi va jurnalist Amjad Taxa bomba xabar tarqatdi: Ochilish uchrashuvini Qatar shayxlari sotib olgan bo'lishlari mumkin. Jurnalistning malum qilishicha, Ekvadorning sakkiz futbolchisini deyarli sakkiz million dollarga sotib olingan. Keyinchalik bu xabarni yana beshta shaxs tasdiqladi. Agar Taxaning gaplari haqiqat bo'lib chiqsa, uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlanishi lozim. Nima bo'lgan taqdirda ham turnir boshlanishiga ikki kun qolganida shunday xabar butun dunyoni qamrab oldi.


⚡️ Jahon chempionati mezbonlari dastlabki o'yinda qanday natija qayd etgan?        


Mezbonlar so'nggi yillarda ancha o'sishga erishdilar

Bir necha o'n yillar davomida mintaqaning eng zaif jamoalaridan biri bo'lgan Qatar to'g'ri infratuzilma bilan rivojlanish mumkinligini isbotlab berdi. Mahalliy futbolga yillar davomida qilingan ajoyib sarmoya o'z samarasini berdi. 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi g'alaba Qatar uchun sezilarli muvaffaqiyat bo'ldi. BAAda bo'lib o'tgan turnirda hozirgi murabbiy Feliks Sanches qo'l ostida qatarliklar tarixdagi birinchi chempionlikni qo'lga kiritdi.


Ekvador turnirda juda yomon sport formada kelmoqda

Ekvadorning so'nggi beshta o'yinidan to'rttasi gol ura olmadi, beshinchi o'yinda janubiy amerikaliklar Kabo-Verdeni 1:0 hisobida mag'lub etishdi. «Uch ranglilar» yil davomida atigi ikkitagina o'yinda g'alaba qozonishgan.

Ekvador terma jamoasining o'yin bilan bog'liq muammolar saralash bosqichida boshlangandi. Ular olinishi mumkin bo'lgan ochkolarning 50% dan kamini to'plashga muvaffaq bo'lishdi. Oxirgi 11 o'yinda janubiy amerikaliklar bittadan ko'p gol urishmadi, jamoaning hujum chizig'ida katta muammolar borligini natijalar ham aytib turibdi. Ekvador so'nggi bor o'tgan yili qatorasiga ikkita o'yinda g'alaba qozonishga erishgan.



Kaysedo-Valensiya: o'zgarishlar qila oladigan tandem

Ekvador terma jamoasi oxirgi bo'lib jahon chempionati uchun tarkibini elon qildi. «Uch ranglilar» tarkibiga Janubiy Amerika milliy chempionatlarining futbolchilari, Evropaning etakchi chempionatlari vakillari ham kiritilgan.

Pero Inkape, Pervis Estupinyan, Moyses Kaysedo,Xose Sifuentes va Enner Valensiya kabi o'yinchilari bor tarkib katta jamoalarga qarshi ham bemalol o'ynay olishi mumkin. Kaysedo-Valensiya dueti esa nafaqat qatarliklarni, balki guruhdagi har bir raqibning himoyasiga jiddiy xavf tug'diradi.


Qatarda JCH oldidan final o'tkaziladigan shahar qurildi. Bu noyob hodisa        



Tarkib va taktika

Feliks Sanches Qatarda ancha yillar davomida ishlab kelmoqda. U qatarliklarni 69 ta uchrashuvda maydonga olib tushgan. Raqibga qarab uning taktikasi 3-5-2 yoki 5-3-2ga o'zgaradi. Bugun Sanches katta ehtimol bilan hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qiladi. Sababi oddiy: jamoasi jahon chempionatining ochilish uchrashuvida maydonga tushadi.



Gustavo Alfaro Ekvador terma jamoasini 2020 yilning avgustidan beri boshqarib boradi. Uning qo'l ostida jamoa 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Jamoa asosan 4-3-3 taktikasida maydonga tushadi. Kamdan kam hollarda taktika 4-2-3-1ga o'zgaradi. Gustavo asosan pragmatik futbolni hush ko'radi.


Hakamlar

Qatar va Ekvador o'rtasidagi o'yinni italiyalik Daniele Orsato boshqarib boradi.  

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)
Qanot hakami 1: CHiro Karbone (Italiya)
Qanot hakami 2: Alessandro Jallatini (Italiya)
Zaxira hakami: Ishtvan Kovach (Ruminiya)


Ochilish o'yini uchun taxminiy tarkiblar

Qatar: Al SHib, Al Rabi, Xuxi, Hassan, Ro-Ro, Ahmad, Xotam, Budiyaf, Al Haydos, Afif, Ali.

So'roq ostida: Akrom Afif

Ekvador: Dominges, Presiad, Estupinyan, Torres, Inkapie, Mendes, Sifuentes, Kaysedo, Mena, Ibarra, Valensiya.

So'roq ostida: Danilo Arboleda, Grueso, Sarmento.


Jamoalarning so'nggi beshta o'yindagi statistikasi


 

Ochilish o'yini juda muxlisbop bo'lishi juda qiyin. Har ikki jamoa ham raqibning xatosidan foydalangan holda g'alabani ilib ketishlari mumkin. Oxirgi vaqtdagi ekvadorliklarning hujumidagi omadsizlariga qaramasdan, favorit Lotin Amerika jamoasi! Qatar mezbon faktori va muxlislari orqali ustunlikka erishishi mumkin. Qatarliklarning katta maydonlarda tajribasizliklari ham bugungi o'yin natijasiga tasir qilishi mumkin.


Qatar

World Cup Grp. A . 1-tur

20/11/2022, 20:00

2
:
0
Tugadi

Ecuador

Enner Valencia - 16', Enner Valencia - 31'

Stadion: Al Bayt Stadium, 67372 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
15'  Saad Al Sheeb
22'  Almoez Ali
36'  Karim Boudiaf
72'  Hassan Al Haidos (Mohammed Waad)
72'  Almoez Ali (Mohammed Muntari)
78'  Akram Afif
3'  Enner Valencia
16'  Enner Valencia
29'  Moises Caicedo
31'  Enner Valencia
31'  Angelo Preciado
56'  Jhegson Mendez
68'  Romario Ibarra (Jeremy Sarmiento)
77'  Enner Valencia (Jose Cifuentes)
90'  Michael Estrada (Kevin Rodriguez)
90'  Moises Caicedo (Alan Franco)


Salom, Qatar! Mundialning birinchi ishtirokchisi bilan tanishuv        

Mundial 2022. Ekvador!        

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика