So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

JCH-2022. Marokash Xorvatiyani yuta olmadi Yangiliklar

JCH-2022. Marokash Xorvatiyani yuta olmadi

JCH-2022 1-turi doirasidagi Marokash – Xorvatiya uchrashuvi nihoyasiga etdi.

JCH-2022

"F" guruhi. 1-tur

Marokash 0:0 Xorvatiya

Bosh hakam: Fernando Rapalini (La-Plata, Argentina)

Assistentlar: Xuan Pablo Belatti (Saladilo, Argentina), Diego Bonfa (Argentina)

Zaxira hakami: Kevin Ortega (Kalyao, Peru)

15:00. "Al Bayt" stadioni

Marokash – Yassin Bunu, Ashraf Xakimi, Nayef Agerd, Romen Saiss, Nussair Mazraui (Yaxya Attyat-Alla, 60), Azzedin Unai (Abdelxamid Sabiri, 82), Sofyan Amrabat, Selim Amalla, Xakim Ziesh, Yussef En-Nesiri (Abderrazak Xamdalla, 82), Sofyan Bufal (Ez Abde).
Zaxira: Munir Moxamedi, Axmed Reda Tanyauti, Djavad El-Yamik, Ashraf Dari, Badr Banun, Anass Zaruri, Bilal El-Xannus, Yaxya Jabran, Ilyas SHair, Zakariya Abuxlyal, Valid SHeddira. Murabbiy: Valid Regragui 

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Brozovich, Kovachich (Lovro Mayer, 79), Vlashich (Mario Pashalich, 46), Perishich, Kramarich (Marko Livaya, 71).
Zaxira: Ivo Grbich, Ivica Ivushich, Yosip Stanishich, Borna Barishich, Martin Erlich, Domagoy Vida, Yosip SHutalo, Kristian Yakich, Luka Suchich, Bruno Petkovich, Ante Budimir, Mislav Orshich. Murabbiy: Zlatko Dalich
Ogohlantirish: Amrabat (78). 

Uchrashuv yakunlandi! Tomonlar bittadan ochkoga ega chiqishdi.

90+6. Livaya nisbatan qoida buzildi. Xorvatlar gol uchun oxirgi urinishni amalga oshiradi.

90+1. Zarbalar bo'yicha hisob teng — 6:6.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. Livaya darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo to'pni to'xtata olmadi.

82. Marokashda qo'sh o'zgarish En-Nesiri o'rniga Abdurazzoq Hamdallah, Azeddin Unai o'rniga esa Sabiri maydonga tushdi.

80. Gvardiol zarba berish chog'ida o'yin qoidasini buzdi.

79. Xorvatiyada o'zgarish. Kovachich o'rniga Lovro Mayer maydonga chiqarildi.

78. Sofyan Amrabat Modrichga nisbatan ishlatgan foli uchun ogohlantirildi.

76. Ivan Perishich Ashrafning oyog'iga tepdi.

72. Xorvatiyada ketma-ket "korner"lar natijasiz tugayapti.

71. Andre Kramarich ham o'yindan olindi. Uning o'rnini "Xayduk" to'purari Marko Livaya egalladi.

65. Marokashda navbatdagi o'zgarish. Sofyan Bufal o'rniga Ez Abde maydonga chiqdi.

64. Uxx! Hakimining judayam kuchli zarbasini Livankovich qaytarib yubordi.

63. Luka Modrichdan navbatdagi fol. Marokash jarima zarbasiga ega bo'ldi.

62. Afrikaliklardan xavfli hujum. Ashraf Hakimining uzatmasini darvozaga kiritishga hech kim topilmadi.

60. Marokashda majburiy o'zgarish: jarohatga yo'lliqqan Nussair o'rniga Attyat-Alla maydonga tushdi.

58. Mazraui bir necha daqiqaga chidadi va yana maydonga yiqildi. U o'yinni davom ettira olmaydi.

54. Mazraui maydonda yotibdi. U shifokorlar yordamiga muhtoj.

52. Modrich Yuranovichni oldinga boshladi. Uning jarima maydoniga uzatmasini Ashraf maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

51. Buffalning zarbasini Lovren qaytardi, qaytgan to'pga berilgan Mazrauining zarbasini Livankovich bartaraf etdi.

50. Matteo Kovachichga nisbatan qoida buzildi.

46. Sofian Amrabat kiyinish xonasida qolib ketgani bois 2-bo'lim starti biroz kechikdi.

— Zlatko Dalich 2-bo'lim avvalida Vlashichni o'zgartirishga qaror qildi. Endi hujum chizig'ining o'ng qanotida Mario Pashalich harakatlanadi.

Taym yakunlandi. Tanaffus!

45+2. Vlashich tepgan to'pni Aguerd "blokladi". Qaytgan to'pga berilgan Modrichning zarbasi noaniq ketdi. 

45+1. Yassin Bunudan ajoyib seyv! "Sevilya" posboni Vlashichning zarbasini qaytardi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. Modrich Hakimiga nisbatan qoidani buzdi. Marokash qulay nuqtadan "standart"ga ega bo'ldi.

37. Zarbalar kamayib, qo'polliklar ko'paydi.

30. Har ikki jamoaning mudofaa chizig'i hozicha xatosiz o'ynayapti.

25. En-Nesiri jarima maydoni ichida to'pni ajoyib tarzda o'ziga bo'ysundirdi. Ammo zarbani himoyachidan o'tkazolmadi.

21. Mazraui xorvatlarning keskin hujumini bartaraf qildi.

19. Modrich jarima maydonining yonginasida Ashrafning oyog'iga tepdi. Jarima zarbasi...

17. Uxx! Ivan Perishichning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zabasiga aniqlik etishmadi.

15. Modrich jarima maydoni ichig kirib, oyog'ining tashqi qismi bilan uzatmani amalga oshirgandi. Markazda zarba beradigan mard topilmadi.

13. Hakim Zieshning kuchli zarbasini raqib mudofaasi "blokladi".

7. Marokashning ilk xavfli hujumi zarbagacha etib bormadi.

5. Kramarich raqib jarima maydoniga bostirib kirgandi. Himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Xorvatlarda "korner".

1. Uchrashuv start oldi! To'pni afrikaliklar o'yinga kiritib berishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Navbat madhiyalarga...

Morocco

World Cup Grp. F . 1-tur

23/11/2022, 15:00

0
:
0
Tugadi

Croatia

Stadion: Al Bayt Stadium, 59407 tomoshabin

Bosh hakam: Fernando Rapallini

45'
90'
60'  Noussair Mazraoui (Yahia Attiyat Allah)
65'  Sofiane Boufal (Abdessamad Ezzalzouli)
78'  Sofyan Amrabat
81'  Youssef En-Nesyri (Abderrazak Hamdallah)
82'  Azzedine Ounahi (Abdelhamid Sabiri)
46'  Nikola Vlasic (Mario Pasalic)
71'  Andrej Kramaric (Marko Livaja)
79'  Mateo Kovacic (Lovro Majer)
90'  Ivan Perisic (Mislav Orsic)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика