So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "Қўқон-1912" - "Дўстлик"  0 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  3 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  16 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10

JCH-2018. Franciya yarim finalda! Urugvay uyga qaytadi Yangiliklar

JCH-2018. Franciya yarim finalda! Urugvay uyga qaytadi

Bugun JCH-2018da chorak final bellashuvlariga start berildi.

1/4 finalni Urugvay hamda Franciya terma jamoalari o'zaro o'yin bilan boshlab bermoqda. Uchrashuvdagi qiziqarli jarayonlardan shu sahifada xabardor bo'lib borishingiz mumkin.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uruguay

World Cup Quarter Finals . 1/4-tur

06/07/2018, 19:00

2
:
0
Tugadi

France

Raphael Varane - 40', Antoine Griezmann - 61'

Stadion: Nizhny Novgorod Stadium, 43319 tomoshabin

Bosh hakam: Nestor Pitana

45'
90'
38'  Rodrigo Bentancur
59'  Cristhian Stuani (Maximiliano Gomez)
59'  Rodrigo Bentancur (Cristian Rodriguez)
69'  Cristian Rodriguez
73'  Nahitan Nandez (Jonathan Urretaviscaya)
33'  Lucas Hernandez
40'  Raphael Varane
40'  Antoine Griezmann
61'  Antoine Griezmann
61'  Corentin Tolisso
69'  Kylian Mbappe
80'  Corentin Tolisso (Steven Nzonzi)
88'  Kylian Mbappe (Ousmane Dembele)
90'  Antoine Griezmann (Nabil Fekir)



90+5. O'YIN TUGADI. FRANCIYA birinchi yarim finalchi!

90+3. O'zgarish. Franciya. Grizmann o'rniga Fekir tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

86. O'zgarish. Franciya. Mbappe o'rniga Dembele tushdi

Moskva shahridagi FIFA FAN FEST da muxlislar o'yinni mana shunday tarzda kuzatishmoqda


83. Urugvay hisobni qisqartirishga urinmoqda, biroq Suaresning bir o'zi eplay olmayapti

80. O'zgarish. Franciya. Tolisso o'rniga Nzonzi tushdi

74. O'zgarish. Urugvay. Nandez o'rniga Urretiviskaya tushdi

73. ZARBAAA! Tolissoning kuchli zarbasi darvoza yuqorisidan ketdi

69. Maydonda janjal. Rodriges va Mbappe o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Hakam ikkalasiga ogohlantirish berildi

65. Endi Urugvay ikkita gol ura oladimi? Kavani yo'q, faqat Suares bor

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GRIZMAAAAAAAAAAAAAAAAAAN! Musleraning o'ta qo'pol xatosidan so'ng gol urdi. Darvozabon uning kuchli zarbasini qaytarish vaqtida o'z darvozasiga kiritib yubordi! 0:2 GOLNI TOMOSHA QILING

59. O'zgarish. Urugvay. Stuani o'rniga Maksi Gomes tushdi, Bentankur o'rniga Kristian Rodriges

56. ZARBA! Uruguvayning hujum, Bentankurning zarbasi ham noaniq chiqdi, ham kuchsiz edi

53. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Pavar kuchli zarba berdi, ancha noaniq ketdi

50. Ikkinchi bo'limni Franciya hujumkor tarzda boshladi. Grizmann va Mbappe raqib himoyachilariga tinchilik berishmayapti

46. Ikkinchi taym boshlandi


Pol Pogbaning qiz o'rtog'i Maria Zulayning kayfiyati chog'.


Rossiyalik sobiq futbolchi Aleksey Smertin.


Gol quvonchi.


Varan hisobni ochgan vaziyat.


Birinchi bo'lim yakunlandi.

Birinchi bo'limning oxiri qizib ketdi-ku...

44 - Zarbaaa, Kaseresning bosh bilan zarbasidan keyin Loris super seyvni ijro etdi, barakalla Ugo. Kiperdan qaytgan to'pga esa Godin noaniq zarba berdi.

40 - Goooooooollllllll, Varaaaaannnn hisobni ochdi. Tolissoga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarimani Grizmann ijro etdi. Antuanning havolatib etkazib bergan to'pini Varan boshi bilan Muslera qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. GOLNI TOMOSHA QILING

39 - Uhh, Rodrigo Bentankur Tolissoni "o'rib yuborgani" uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

38 - Mbappening "naves"ini Laksalt qaytardi, bugun Diego Kilianga munosib qarshilik ko'rsatmoqda.

35 - Zarba, Matias Vesino to'pi ko'kragi bilan to'xtatib oldi va zarba berdi. Aniq, lekin kuchsiz zarbani Loris ushlab oldi.

33 - Lukas Ernandes to'pni undan ilib ketgan Naitan Nandesni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi. Nandesning libosi esa yirtilib ketdi.

32 - Vesino avvaliga Mbappedan, sal o'tib Pogbadan to'pni olib qo'ydi, "Inter" azosiga qoyil.


Boya chigirtka Lorisning og'ziga kirib ketay degan vaziyat.


26 - Ooo, maydondagi ikki nafar chopadigan o'yinchilar bahsida Laksalt Mbappeni qo'yib yubormadi.

Bugungi uchrashuv Oskar Tabarez uchun Urugvay bosh murabbiyi sifatida Jahon chempionatlaridagi 20-o'yin.

Hayotdan xursand muxlis :)


21 - Ohhoho, Grizmann to'pni Laksaltning oyoqlari orasidan olib o'tdi.

19 - Pol Pogbaning uzoqdan tepgan to'pi ancha yuqoriga ketdi, muxlislar uuuuuu deb baqirib qo'yishdi.

17 - Ana bo'lmasa, maydonda chigirtka Ugo Lorisning og'ziga kirib ketishiga sal qoldi. Og'zingni yop, Ugo )

15 - Zarbaaa, Mbappe bosh bilan noaniq zarba berdi. Francuzlar hujumni o'ng qanotdan boshlashdi, keyin uni chapga ko'chirishdi, keyin yana o'ngga o'tgan hujumning yakunida Jiru yakka turgan Mbappeni topdi, Kilianning bosh bilan zarbasi esa darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

Bugun kim g'alaba qozonadi? Urugvay yoki Franciya? Tabares yoki Desham? Janubiy Amerika yoki Evropa? 1930 va 1950-yilgi Jahon chempionlari yoki 1998-yilgi chempionlar? Bu smavollarga yaqin 2, balki 3 soat ichida javob olamiz.

10 - Nandez Ernandesga nisbatan qo'pol o'ynadi va Grizmann jarima zarbasini amalga oshirdi. Varanning bosh bilan bergan zarbasi ancha noaniq.


Moskvadagi fan zonaga 7ta katta ekran o'rnatilgan.



4 - Urugvay tezkor chap qanot himoyachisi Laksaltning qanotidan hujum uyushtirishdi, hujum yakunida Stuaniga zarba berishga imkon berishmadi.


Franciya esa 4-2-3-1 sxemasida o'yinni boshladi.


Urugvay 4-4-2 sxemasida o'yinni boshladi.


Bugun Urugvay moviy, francuzlar esa oq libosda maydonga tushishgan.

2 - Olive Jiru jarohat olib yotibdi.

Uchrashuvga start berildi.

- Har ikki davlat madhiyalari yangradi, sardorlar o'yinni kim boshlab berishini aniqlab olishdi.

- Bugun Urugvay tarkibida juda katta yo'qotish bor. Nimchorak finalda Portugaliyaga qarshi dubl qayd etgan Edinson Kavani o'sha bellashuvda olgan jarohati sabab bugun hatto qaydnomaga ham kiritilmagan. Kavanisiz Suaresga ham oson bo'lmasligi aniq, bu ikki hujumchi bir-birini so'zsiz ham tushuna olishini oldingi bahslarda kuzatgan edik.

- Assalom alaykum qadrli futbol muxlislari! Birozdan so'ng Jahon chempionati-2018 chorak finalidan o'rin olgan birinchi uchrashuvga start beriladi. Urugvay hamda Franciya terma jamoalari o'rtasidagi bahsni birgalikda kuzatib boramiz.


JCH-2018
CHorak final
"Nijniy Novgorod stedium"
Urugvay - Franciya 0:2 LIVE
Bosh hakam:
Nektor Pitana
Gol: R.Varan 40, A.Grizmann 61.

Urugvay: 1.Fernando Muslera, 2.Xose Ximenes, 3.Diego Godin, 22.Martin Kaseres, 6.Rodrigo Bentankur, 8.Naytan Nandes, 14.Lukas Torreyra, 15.Matias Vesino, 17.Diego Laksalt, 9.Luis Suares, 11.Kristian Stuani.

Franciya: 1.Ugo Loris, 2.Benjamin Pavar, 4.Rafael Varan, 5.Samuel Umtiti, 21.Lukas Ernandes, 6.Pol Pogba, 13.N'Golo Kante, 12.Korentin Tolisso, 10.Kilian Mbappe, 9.Olive Jiru, 7.Antuan Grizmann.

Ogohlantirishlar: R.Bentankur 38 - L.Ernandes 33
.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика