So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

JCH-2018 stadionlari. “Volgograd Arena haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

JCH-2018 stadionlari. “Volgograd Arena haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “ Volgograd Arena” haqida malumot beramiz.
  • Jahon CHempionati guruh bosqichining 4ta o'yini“Volgograd Arena”da bo'lib o'tadi
  • SHu hafta Rossiya Kubogining final uchrashuvi aynan shu stadionda bo'lib o'tdi
  • Arena mashhur “Mamaev Kurgan” memorial kompleksi yaqinida joylashgan

O'yinlar
“Volgograd Arena”da CHempionat guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi. Ular orasida 18 iyun kuni Angliya va Tunis terma jamoalari o'rtasidagi bellashuvni alohida qayd etib o'tish mumkin. Tarkib jihatdan ko'pincha kuchlilar qatorida bo'lsada, ijobiy natijalarga erisha olmayotgan inglizlar turnirni qanday boshlashlari muhim albatta. 

   
Stadion imkoniyatlari
Aynan JCH-2018 uchun maxsus qurilgan “Volgograd Arena” o'z bag'riga 45 000 tomoshabinni sig'dira oladi.

Joylashgan o'rni
Jahon CHempionati uchun maxsus qurilgan yangi arena avvalgi “Markaziy” stadioni o'rnida, “Mamaev Kurgan” memorial majmuasi yaqinida qad rostlagan.

Bilasizmi?
“Volgograd Arena” stadioni o'ziga xos dizaynga ega. U velosiped g'ildiraklarini eslatuvchi shaklda barpo qilingani kishi etiborini tortmay iloj yo'q.

Dastlabki o'yinlar
Yangi barpo etilgan “Volgograd Arena”da aprel-may oylarida dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi. 21 aprel kuni “Rotor-Volgograd” klubi Vladivostokning “Luch-Energiya”sini va 2 mayda Samaraning “Krylya Sovetov” jamoalarini qabul qildi. 9 may sanasida esa ushbu stadionda aytib o'tganimizdek Rossiya Kubogi finali bo'lib o'tdi.

Meros
Jahon CHempionati-2018dan so'ng, ushbu stadion “Rotor-Volgograd” klubining asosiy arenasi bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, “Volgograd Arena”dan turli mahalliy tadbirlarni o'tkazishda ham foydalaniladi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика