So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

JCH-2018 da ishlagan ikki osiyolik hakam "Paxtakor"ning ikki uchrashuvini boshqaradi Yangiliklar

JCH-2018 da ishlagan ikki osiyolik hakam "Paxtakor"ning ikki uchrashuvini boshqaradi

Superliga sekin-asta o'zining muhim pallasiga kirib bormoqda.

Yana 5 ta tur uchrashuvlari o'tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Bundan keyingi o'yinlarning muhimlik darajasi juda yuqori ekanini inobatga olgan holda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi oldindagi bir qator masuliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo'lib o'tgan Jahon chempionati-2018 o'yinlarida hakamlik qilgan referilarni O'zbekistonga taklif etdi.

19-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o'yinini qitamizning etakchi referilaridan biri Navaf SHukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf SHahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o'yinda ishlaganini alohida etirof etish joiz.

19-tur
28 iyul, shanba
“Navbahor” — “Paxtakor”
Bosh hakam
: Navaf SHukrulla (Bahrayn)

20-turning markaziy o'yini – “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o'rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag'oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi.
 
20-tur
1 avgust, chorshanba
“Paxtakor” — “Lokomotiv”
Bosh hakam:
Alirizo Fag'oniy (Eron)

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика