So’nggi yangiliklar

23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  0 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  16 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  18 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  98 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  39 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  672 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   3 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  6

JCH-2018. Kiyinish uslubiga ega bo'lgan murabbiylar TOP-10 FOTO Yangiliklar

JCH-2018. Kiyinish uslubiga ega bo'lgan murabbiylar TOP-10 FOTO

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar bosh murabbiylarining kiyinish uslublari haqida gapirib o'tamiz.

Yoaxim Lyov - Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi

Lyov Germaniya terma jamoasini ko'p yillardan beri boshqarib kelmoqda. 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionati g'olibi. SHunday bo'lsada Lyov hali ham quvnoq va g'alabaga chanqoq. O'z uslubiga ega bo'lgan 58 yoshli murabbiy yaqinda Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirdi.

Xarakterning yoshini mukammal darajada yaxshilaydigan go'zal, klassik uslub. Soch turmagidan boshlab kiyinish uslubi va sharf ko'rinishdagi aksessuarning hammasi ajoyib.




Erve RENAR - Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi

Franciyalik mutaxassis hech qachon futbol yulduzi bo'lmagan, ammo murabbiy sifatida o'z o'rniga ega bo'ldi. 2007 yili tavakkalchilik bilan Gana terma jamoasiga ishga taklif qilindi. Qora tanlilar Renarning ashaddiy muxlisiga aylanishga ulgurdi va ikki marotaba Zambiya va Kot-D'Ivuar bilan Afrika kubogi sohibi bo'ldi. Endi esa Renar Marokash terma jamoasini boshqarmoqda.

Rostini aytgandi, Renarni sport kiyimida ko'rish noodatiy. Bu o'ziga xos klassika, unga klassik kiyim yarashadi.



Garet SAUTGEYT - Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi

Angliyaliklar har safar favoritlar qatorida yuradi, ammo 100 yil hech narsani qo'lga kirita olmadi. Bu safar ular yosh yosh murabbiyni tanlashga qaror qabul qilishdi. Bundan nima chiqishi mumkin? Savol barcha uchun.

Sautgeyt nimcha va bo'yinbog' taqib yurish uchun tug'ilgan. Armani uslubi unga juda ham mos keladi.


Xuan Antonio PICCI - Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi

Xuan Antonio PICCI Peru, Meksika va CHili terma jamoalarida ham ishlagan. Ammo, uni Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiylar shtabida ko'rinish berishini hech kim kutmagandi. Picci tavakkal qiladigan inson.

Meni qarashim bo'yicha ispaniyalik ushbu mutaxassisga casual uslubi keladi. CHunki, unga klassika uslubi yarashmaydi.


Rikardo GAREKA - Peru terma jamoasi bosh murabbiyi

Argentinalik mutaxassis eski rokerlarga o'xshab ketadi. Ushbu mutaxassis Peru terma jamoasini Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialga olib chiqib ko'plab peruliklar orzularini amalga oshirdi.

Uning kalta sochlari ham uning ko'rinishiga salbiy tasir o'tkazmaydi. SHu bilan birga unga klassik uslubdagi kiyim va orqaga taralgan soch turmagi unga juda ham yarashadi.



Oskar RAMIRES - Kosta-Rika terma jamoasi bosh murabbiyi

Kamtar Ramires mahalliy klublarda o'z faoliyatini davom ettirgan bo'lardi. Milliy terma jamoada yordamchi murabbiy bo'lishiga qaramay, uning taqdiri Kosta-Rika futboli afsonasi Paulo Vanchop bilan birgalikda o'zgarib ketdi. Vanchopga chiqish eshiklari ko'rsatilgan bo'lsa, bosh murabbiylik postiga uning yordamchisi Ramires tayinlandi.

Uning ko'rinishi vanka vstankaga o'xshab ketadi. Uning mo'ylovini gapirmay o'tib keta olmasdim, Oskar negadir ularga vaqt ajratmaydi. SHu o'rinda terma jamoa bosh murabbiyi hozirgidan yaxshiroq soch turmagini tanlasa ham bo'lardi.


Alyu SISSE - Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi

Afrika terma jamoalari Evropa murabbiylari bilan yirik musobaqalarda ishtirok etish uchun foydalaniladi, bu futbolchilarning og'ir xarakterlarini cheklash uchun mo'ljallangan. Ammo, dunyo joyida to'xtab turmaydi, Senegal terma jamoasi bir qarorga keldi va o'zlari hal qilishga qaror qilishdi. Senegal terma jamoasini Rossiyaga mashhur Sisse olib keladi.Biroq, Sissening soqoli mashhur musiqachiga qaraganda ancha zamonaviy.

Sisse kayfiyatni ko'taradigan inson ekanligi ko'rinib turibdi. juda ham zamonaviy inson. Sisse har xil uslubdagi kiyimlarni kiyib yurishni yoqtiradi.



Stanislav CHERCHESOV - Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi

CHerchesov darvozabon bo'lgan paytda g'ururli va shafqatsiz ko'rinardi. Murabbiy bo'lganidan so'ng, uning mashhur mo'ylovi bu fazilatlarga qo'shimcha bo'ldi. Qiziq, bu Rossiyaga muvaffaqiyat olib keladimi?

Nima bo'lganda ham men ushbu murabbiyni kulgili va qo'pol inson qiyofasida ko'raman. Aytgancha, kulrang juda yaxshi tanlov. Kal boshi va jigarrang mo'ylovi uning kostyumining rangiga mos tushadi.



Ektor KUPER - Misr terma jamoasi bosh murabbiyi

Argentinalik mutaxassis dunyo futbolida eng omadsiz inson sifatida juda ham taniqli. "Valensiya", "Malorka", "Inter" shu klublarni boshqarib bir necha bor finallarda yutqazgan va ikkinchi o'rinlarni olgan. Misr bilan g'olib bo'la oladimi?

Jiddiy yuz ko'rinishi va qo'pol xususiyatlari kiyimlari rangiga to'g'ri kelmaydi. Meni fikrimcha Kuperga yorqin ranglar yarashadi.



Karlush KEYRUSH - Eron terma jamoasi bosh murabbiyi

Portugaliyalik mutaxassis ko'pincha qulay sharoitlarda o'tirmasligi bilan ajralib turadi. Keyrush "Manchester Yunayted", "Real Madrid" jamoalarida ishlagan. Hozir esa Eron terma jamoasi bosh murabbiyi.

Keyrush klassik inson. Qimmat parfyumeriya, chiroyli poyabzal, pidjak va ko'ylaklar - barchani u haqida.


Jahongir Sotvoldiev tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика