Jazoir yoshlar terma jamoasi murabbiyi futbolchiga tarsaki tushirdi
27 mar 01:15
Yangiliklar
Jazoir yoshlar terma jamoasi murabbiyi futbolchiga tarsaki tushirdi
Jazoir U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Yasin Manaa Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yini chog'ida shogirdlariga shapaloq tortib yuborib, bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.
Uchrashuv davomida yuzaga kelgan janjal chog'ida Manaa vaziyatni tinchitishga kirishgan va tomoshabinlar ko'z o'ngida o'z shogirdlarining yuziga tarsaki tushirib, ularni maydonga qaytishga undagan. Bu harakat esa ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo'ldi.
Ko'pchilik murabbiyning ishini qoralab, uni lavozimidan ozod etish kerakligini takidladi.
Bellashuv 3:2 hisobida Tunis yoshlari foydasiga hal bo'lgan.
Fikrlar