So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  6 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  31 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Jazirama yozda jazirama musobaqa! "SA" va TFFdan bolalar uchun yangi Kubok o'yinlari Yangiliklar

Jazirama yozda jazirama musobaqa! "SA" va TFFdan bolalar uchun yangi Kubok o'yinlari

Yoz kunlari Championat.asia Toshkent shahar futbol federaciyasi bilan hamkorlikda bolalar uchun Kubok musobaqasi tashkil etadi.

Ushbu musobaqa "Start CUP" super seriyasi deb nomlanadi. Bunda to'rtta yosh toifasidagi futbolchilar ishtirok etadi: 2006, 2007, 2008 va 2009 yillar. 

Har bir yosh toifasida to'rttadan jamoa o'ynaydi. SHunda jami 16ta jamoa kubokda qatnashadi. 

2006 y. "Odil Junior", "Spartak", "Bunyodkor", "Lokomotiv".
2007 y. "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Spartak", "Odil Junior".
2008 y. "Odil Junior", "Lokomotiv", "Spartak", "Paxtakor".
2009 y. "Paxtakor", "Lokomotiv", "Spartak", "Odil Junior".

O'yinlar quyidagicha tartibda o'tkaziladi. Har bir yosh toifasidagi guruhda juftliklarni aniqlab olish uchun qura tashlanadi. Qura natijalariga ko'ra bir jamoa o'zining dastlabki jufti bilan 10 kun ichida uch marta o'ynaydi. Bunda qo'lga kiritilgan har bir ochko va to'plar nisbati hisoblab boriladi.

SHundan so'ng birinchi jamoa yana 10 kun ichida ikkinchi raqibi bilan o'ynaydi va keyingi 10 kunlikda uchinchi raqibiga qarshi bahs olib boradi. Barcha uchrashuvlar yakuniga etgach, qo'lga kiritilgan ochko va to'plar nisbati hisoblab chiqiladi va har bir guruhdan eng kuchli jamoaga kubok taqdim etiladi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir yosh toifasidagi jamoa o'z tarkibida 20 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Ammo o'yin kuni 2006/2007 yillar 16 nafar, 2008/2009 yillar esa 14 nafar futbolchini uchrashuv qaydnomasiga kirita olishadi. Har o'yindan oldin protokol to'ldiriladi va har bir bahs rasmiy ahamiyatga ega bo'ladi.

O'yinlar 15 iyun - 1 avgust oralig'ida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, "Start" savdo belgisi "Championat.asia" saytining JCH-2018dagi homiysi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика