So’nggi yangiliklar

11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  1 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2

Javohir Sidiqov: "Taqdirim o'z qo'limda emas" Yangiliklar

Javohir Sidiqov: "Taqdirim o'z qo'limda emas"

“Qo'qon-1912” jamoasi muxlislarining “yoqimtoy” futbolchisi Javohir Sidiqov bilan suhbatlashib,ko'pchilik muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob olishga harakat qildik.

- Javohir avvalo “Qo'qon-1912” jamoasining  asosiy kuchi nimada?
- Avvalombor  chempionat boshlanmasidan oldin, 12 turdan so'ng “Qo'qon-1912” jamoasi turnir jadvalida 2-o'rinda bo'ladi deyilsa ko'pchilik ishonmagan bo'lardi.  Bu holatimiz albatta o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Buning zamirida murabbiylarimiz, futbolchilarimiz va  rahbarlarimizning  juda katta mehnatlari yotibdi. Bosh murabbiyimiz mavsum boshida  jamoani  yaxshi  shakllantira  olganlari, yaxshi tarkibni yig'a olganlarini ham aytib o'tishim lozim. Tarkib qancha kuchli bo'lmasin, bosh murabbiy o'yinlarga futbolchilarni to'g'ri tayyorlay olmasa yoki to'g'ri taktika tanlay olmasa natijaga erishish qiyin bo'ladi. Bosh murabbiyimiz mavsum boshidan maqsadimiz stadionga muxlislarni qaytarish ekanligini takidlab keladilar. Mana hozirgi kunga kelib maqsadimizga sekin – asta erishib kelmoqdamiz. Jamoamizning asosiy kuchi bu birdamligimizda deb o'ylayman.

- Uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechmoqda? Ko'proq qaysi holatlarga etibor qaratasizlar?
- Har bir uchrashuvga albatta qaysi jamoa bilan o'ynashimizga qarab tayorgarlik ko'riladi. Bu hammaga malum narsa. Har bir jamoaning  o'z etakchilari yoki kuchli futblchilari bo'ladi, shunga qarab raqib o'yinini muhokama qilamiz va bosh murabbiyimiz bergan ko'rsatmalari asosida tayyorgarlik olib boramiz.


- Bugungi kunda sizni “Paxtakor” jamoasi o'z safiga qaytarishi haqidagi gap-so'zlar , muxlislaringizni xavotirga solmoqda. Bu borada o'zingiz nima deysiz?
-  Avvalo stadionda bizni qo'llab kelayotgan muxlislarimizga  o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Har bir o'yinda ularni xursand qilish uchun maydonga chiqmoqdamiz , bundan keyin ham muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuch-g'ayratimizni ayamaymiz. O'zimga keladigan bo'lsam “Paxtakor”  jamoasi meni tarbiyalagan, “Paxtakor” akademiyasida futbol sir-asrorlarini o'rganganman.  Lekin No'mon Hasanov meni oliy ligada ishonch bildirib maydonga tushirdilar . Buning uchun u kishiga katta rahmat aytaman. Ishonchlarini qo'ldan kelgancha oqlashga harakat qilmoqdaman. Hozirgi kunda “Qo'qon-1912” da ijara shartnomasi asosida to'p surmoqdaman. Agar ixtiyor o'zimni qo'limda bo'lganida edi , jon-jon deb meni oliy ligada maydonga tushirib muxlislarga tanitgan No'mon aka Hasanovning qo'l ostilarida o'ynashda davom etardim. Lekin afsuski bu masalani hal qilish o'z qo'limda emas. “Paxtakor” jamoasi bilan shartnomam bor, ular istagan vaqtda meni Toshkentga qaytara olishadi.  Men uchun har ikkala jamoam ham qadrli, har ikki jamoa rahbarlariga ham katta rahmat aytaman.

- Qo'qondagi muxlislar haqida nima deysiz?
- Qo'qondagi muxlislar haqida bir og'iz gap aytishim mumkin, ularga gap bo'lishi mumkin emas. Men “Paxtakor”da oliy ligada o'ynamaganman, balkim shu uchun bilmagandirman. Qo'qonga kelib muxlis kimligini bildim. Qo'qon kichkina shahar bo'lgani bilan bu erda futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Muxlislarimiz bizni har bir o'yinda ajoyib tarzda qo'llab kelishmoqda. Muxlislarimzga rahmat, sog' bo'lishsin.

- Muxlislar sizni “Messi”ga qiyoslashmoqda. O'zingizning kumiringiz qaysi yulduz futbolchi? Siz kimga o'xshashni havas qilgansiz?
- Albatta  Argentinalik Messi kabi buyuk futbolchiga o'xshashni yoshligimdan orzu qilaman. Qo'qonda  muxlislar Messiga qiyoslashmoqda, bu albatta yoqimli holat. Biroq men hayotda va futbolda o'z o'rnimga ega bo'lmoqchiman. Javohir degan nomni dunyoga tanitmoqchiman.  Buning uchun hali ko'p ishlashim kerak va men mehnat qilishga tayyorman. Muxlislarimizga esa shunday buyuk futbochiga qiyoslashayotganlari uchun yana bir bor rahmat aytaman.

Javohir Sidiqov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi. Samvel Babayan Tailand va Eronga qarshi tarkibga Javohir Sidiqovni ham kiritdi. Javohirga milliy terma jamoada ham omad tilaymiz.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика