So’nggi yangiliklar

13:14Англиянинг 6 та клуби келаси мавсум Чемпионлар Лигасида иштирок этади  0 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  8 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  1 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  4 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  10 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  37 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  1 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  18 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  16 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  6

Javlon Guseynov: "Indoneziyaga Evropa futbol standarti kirib kelmoqda" Yangiliklar

Javlon Guseynov: "Indoneziyaga Evropa futbol standarti kirib kelmoqda"

Indoneziyaning "Persita Tangerang" klubining o'zbekistonlik futbolchisi Javlon Guseynov Indoneziyaga yo'l olishi, futbol darajasi hamda U-17 jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Faoliyatingiz davomida O'zbekistonning ko'plab jamoalarida to'p tepgansiz. Oxirgisi esa OKMK bo'lgan. Indoneziyaga ketishingiz qanday sodir bo'ldi? Nega O'zbekiston kubogini qo'lgan kiritgan jamoani tark etishga qaror qildingiz?

- OKMKda o'ynab yurgan kezlarim mavsum yakuniga etgach, dastlab Malayziyadan takliflar bo'ldi. Biroq u erda to'pig'imdan jarohat olganim sababli ortga qaytishga majbur bo'ldim. Keyinchalik agentim tomonidan Indoneziyaga yo'l olish imkoni paydo bo'ldi. Olmaqliqliklardan esa yangi bitim borasida taklif tushmadi. SHu sababli keyingi to'rt yilni "Borneo" klubida o'tkazdim.

- Indoneziyaga ko'nikishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz, hozir moslashib ketdingizmi?

- Dastlabki davrda oziq-ovqat masalasida qiyinchiliklar bo'ldi. SHaroit taqozosi bilan o'shanda bo'ydoq bo'lganim uchun YouTube platformasi orqali taom tayyorlashni o'rgandim. Hozir palov va boshqa o'zbek taomlarini ham tayyorlay olaman. Boshqa taraflama qiyinchilikka duch kelmaganman. Sababi, mahalliy aholi ochiqko'ngil ekan, ular xorijdan tashrif buyurgan futbolchilarni yaxshi kutib olishadi. Jamoadoshlarim bilan tezda til topishib ketganman.   

- Indoneziya futbolining O'zbekistondan ustunliklari va kamchiliklari haqida so'zlab bersangiz.

- O'zbek futboli ko'p jabhada Indoneziya futbolidan ustun. Biroq bu erda "millionlar o'yini" jadal rivojlanmoqda. Indoneziya futbol associaciyasi prezidenti Erik Tohir katta o'zgarishlarga qo'l urmoqda. U "Inter" rahbari sifatida faoliyat olib borgan va bu tajribasi orqali Evropa standartini mamlakatga olib kiryapti. Mamlakatdagi yana bir yaxshi jihat — futbolchilarga maoshi o'z vaqtida beriladi. SHuningdek, media faoliyati judayam ajoyib. Qolgan jabhalarda esa O'zbekiston futboli ustun turadi. 

- Yaqinda ushbu mamlakatda 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida jahon chempionati boshlanadi. Ushbu turnirga tayyorgarlik qanday kechmoqda? Ko'chalarda mundial muhitini his qilish mumkinmi?

- Yuqorida takidlaganimdek, yuqori darajadagi media kuchi tufayli ijtimoiy tarmoqlar va televideniyalarda targ'ibotlar amalga oshirilmoqda. Biroq stadionni yaqin hududlarni inobatga olmasa, ko'chalarda mundial muhitini his qilish qiyin. Ehtimol, 17 yoshlilar toifasida bo'lgani uchun bu borada katta etibor qaratilmayotgandir. 

- O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- O'zbekistonlik o'smirlarning Koreya va Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinlarini tomosha qildim. Jamoadan yaxshi natija kutyapman, chunki bu yoshda ko'pchilikning kuchi teng bo'ladi. Turnir davomida terma jamoamizga muxlislik qilaman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика