MYU serbiyalik darvozabonga qiziqib qoldi
06 may 19:47
Yangiliklar
MYU serbiyalik darvozabonga qiziqib qoldi
"Torino" darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich "Manchester Yunayted"ning so'nggi chegarasini mustahkamlash uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritildi.
"Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yozgi transfer oynasi uchun yangi darvozabonni olib kelishni o'zining ustuvor vazifalaridan biriga aylantirdi.

1-raqamli posbon Andre Onananing mavsumning qolgan qismidagi o'yini va klubning Chempionlar Ligasiga yo'l olishi "qizil iblislar" qaysi darvozabon bilan shartnoma imzolashga harakat qilishini aniqlab beradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, “Yunayted” short-listidagi navbatdagi nom – ajoyib mavsum o'tkazayotgan Milinkovich-Savich.
"Yunayted" allaqachon 28 yoshli serbiyalik bo'yicha so'rov yuborgan. Malum bo'lishicha, unga A Seriyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar