Jasur Yoqubov "Lokomotiv" lagerini tark etdi
02 fev 2022 10:20
Yangiliklar
Jasur Yoqubov "Lokomotiv" lagerini tark etdi
Yaqinda "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan futbolchi kutilmaganda jamoani tark etdi.
O'tgan mavsum "Surxon" tarkibida mazmunli o'yin ko'rsatib, muxlis va mutaxassislar etiboriga tushgan markaziy himoyachi yanvar oyida "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgandi. Ammo uning "temiryo'lchilar" safidagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi.
"Yaxshi niyatlar bilan Toshkent jamoasidan tushgan taklifni qabul qilib, shartnoma tuzgandim. Afsuski, "Lokomotiv"dagi kunlarim uzoq vaqt davom etgani yo'q. Ayrim sabablarga ko'ra, kuni-kecha "Temiryo'lchilar" safini tark etdim. SHu bois bu jamoada ko'p vaqt bo'lish nasib etmadi. Hozircha uydaman. Ko'p jamoalar erkin agentga aylanganimdan xabardor emas. Balki endi takliflar bo'lib qolar. Buni vaqt ko'rsatadi", deydi Jasur Yoqubov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar