So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Jasur Jaloliddinov taqdirlandi Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov taqdirlandi

Bunyodkor akademiyasi yosh iqtidorlarga boy.

Oddiy misol, ushbu mavsum "Bunyodkor"ning asosiy tarkibini akademiya tarbiyalanuvchilari tashkil qilmoqda. Xususan, Superliganing 3-turida «Navbahor» darvozasiga birinchi golni urgan Jasurbek Jaloliddinov nafaqat jamoaning, balki Superliganing ham eng yosh o'yinchilaridan biridir.

2002 yilning 15 may sanasida tavallud topgan futbolchi Farg'onadagi bahsda Superligadagi ilk golini kiritdi. Bu yoshda «Bunyodkor»dek jamoaning asosiy tarkibidan joy olish va gol urish har qanday futbolchiga ham nasib qilavermaydi. Jasurbekdek o'yinchilarning Superligada o'ynashi akademiyaning faoliyati to'g'ri yo'ldaligi, murabbiylar shtabining esa, yosh iqtidorlarni o'z vaqtida ko'ra olayotganidan darak beradi.


«Bunyodkor» bugun tushdan so'ng «Navbahor»ga qarshi o'yindan keyingi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Mashg'ulotdan avval «Bunyodkor» muxlislar klubi etakchilari Jasurbek Jaloliddinovni Superligadagi birinchi goli bilan o'ziga xos tarzda taqdirlab unga BAAda o'tgan Osiyo Kubogi rasmiy to'pi Molten hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p surishini tilab ramziy futbolka topshirildi. Kutilmagan etirofdan xursand bo'lgan Jasurbek muxlislar, murabbiylar va jamoadoshlariga o'z minnatdorchiligini bildirib, bundan keyin ham o'z ustida tinmay ishlashda davom etishini, yanada yaxshiroq harakat qilib, «Bunyodkor»ning muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'shishini takidladi.

Biz ham Jasurbek Jaloliddinovning faoliyatiga omad tilaymiz!, - deb yozadi "Bunyodkor" matbuot xizmati. 



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика