So’nggi yangiliklar

23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:44ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  16 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  4 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  3

Jasur Hasanov: "Biz uchun ortga yo'l yo'q, har bir uchrashuv finalga teng" Yangiliklar

Jasur Hasanov: "Biz uchun ortga yo'l yo'q, har bir uchrashuv finalga teng"

Jamshid Saidov murabbiyligidagi "Buxoro" jamoasi o'tgan turda mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

"Surxon" ustidan qozonilgan ishonchli g'alabadan so'ng jamoaning etakchi futbolchisi, saytimiz tomonidan 11-turning ramziy jamoasiga kiritilgan Jasur Hasanovning fikrlari biz uchun qiziq tuyuldi. 

"Yaxshi, ammo og'ir o'yin bo'ldi. "Surxon" ham tajribali futbolchilarga ega jamoa hisoblanadi. Nima qilib bo'lsa ham ushbu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz talab etilardi, yuklatilgan vazifani bajardik. "Buxoro" kuchlilar safida qolishni istasa, har bir turda g'alaba qozonishi kerak. Oldinda kutayotgan o'yinlar finalga teng, ortga yo'l yo'q.  

Har bir bellashuvga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Ko'rayotgan bo'lsangiz tarkibimizda yoshlar ko'p, ular ham shu yo'sinda tajriba to'plab borishmoqda. Tajribali va mahoratli futbolchilarimizning aksariyati jarohat oldi, ko'p jamoadoshlarim betob bo'lgandi. Pandemiya sababli legionerlarimiz ham kela olishmadi. Murabbiy Jamshid Saidov yuzaga kelgan vaziyat sababli asosan yoshlarga ishonch bildirmoqda. O'ylashimcha, yosh iqtidorlar ishonchni oqlashmoqda. Maydonda ularga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilmoqdaman. Muhsin Muhammadievni yomon ishladi demoqchi emasman, uning ham o'ziga yarasha uslubi bor. 

Markazlashgan chempionat biz uchun qulayroq deb o'ylayman. O'z maydonimiz hali tayyor emas, shu bois Toshkentda o'tayotgan o'yinlar bizga har tomonlama maqul kelmoqda",- deydi Jasur Hasanov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика