So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  212 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  13 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1

Jasur Abduraimov: “Natijadan ko'nglim to'ldi, ammo o'yin borasida etirozlar bor” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Natijadan ko'nglim to'ldi, ammo o'yin borasida etirozlar bor”

O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov SHri-Lankaga qarshi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z shogirdlarining o'yini borasida etirozlari borligini takidladi.


“Bugun g'alaba qozondik va natijadan ko'nglim to'q. Ammo, o'yin borasida etirozlarim yo'q emas. Birinchi bo'limdagi o'yinimizni ikkinchi bo'limda ko'rsata olmadik. Zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishi lozim bo'lgan futbolchilar unchalik ishonchni oqlashmadi. Intizom borasida hali ishlashimiz kerak”, - deydi Abduraimov.

“Himochimizga ko'rsatilgan qizil kartochka borasida etirozim yo'q. Hakam qizil kartochka ko'rsatgan bo'lsa, demak bunga asosi bor. Hakam qarorini muhoakama qilmayman. Bu kartochka o'yinimizga tasir qilgani yo'q. Ammo, biroz intizomni mustahkkamlash kerak”, - deydi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi shuningdek, so'nggi turda Bangladesh yoshlariga qarshi kechadigan o'yin borasida ham o'z fikrini bildirdi. “Avval ham aytganimdek, biz barcha raqiblarimizga bir xil munosabatdamiz va ularni xurmat qilamiz. Bangladesh terma jamoasining SHri-Lankaga qarshi o'yinini ko'rdim va kerakli hulosalarni chiqarib oldik. Umuman, o'yindan oldin raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini muhokama qilish raqibga nisbatan xurmatsizlik bo'ladi. Bangladesh terma jamoasining o'yinlari va ularning kamchiliklari haqida Bangladesh terma jamoasi murabbiyi javob bergani maqul”, - dedi Abduraimov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика