So’nggi yangiliklar

21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  2 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  2 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  0 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  9 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   2 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  2 16:16ЎФА мураббийлар кенгаши йиғилишида МТЖнинг ЖЧ саралаши ва U-17 термасининг мундиалга тайёргарлиги муҳокама этилди  4 15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  19 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  3 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  17

Jarohatlar, janjallar va ish tashlash: Zanolo qanday qilib Turkiyaga borib qoldi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Jarohatlar, janjallar va ish tashlash: Zanolo qanday qilib Turkiyaga borib qoldi? (mutolaa uchun)

Italiyalik istiqbolli futbolchining og'ir vaziyati haqida.

Nikolo Zanolo uzoq vaqt davomida eng istiqbolli italiyalik futbolchilardan biri hisoblangandi. Jahon darajasidagi o'yinchilar A Seriyaga tobora kamroq kelishmoqda, shu sabab liga ko'p etiborni mahalliy ijrochilarga qaratmoqda. Ularning safida Zanolo ham bor edi.

U yanvarda Italiyada eng ko'p tahlil qilingan o'yinchilardan biri bo'ldi. Afsuski, uning mashhurligi professional muvaffaqiyatlari bilan bog'liq emasdi. Aksincha, barcha o'yinchining maydon tashqarisida qilgan va aytganlarini muhokama qildi. Yakunda, barchasi Turkiya Superligasi bilan yakunlandi.


Zanolo uchun og'ir payt: klub uni mavsum so'nggiga qadar o'yinlardan chetlatishi mumkin, muxlislar esa o'lim bilan tahdid qilishmoqda (mutolaa uchun)


Nikolo o'z futbol yo'lini "Jenoa"da boshladi, so'ngra "Fiorentina" akademiyasiga o'tdi. "Inter" 2017 yilning iyulida Zanoloni hozirda C Seriyada ishtirok etayotgan "Virtus Estella"dan 1,8 mln evro evaziga xarid qildi.



Ammo, xavbek 29ta o'yinda 14ta gol urgan holda, o'zini "neradzurri" yoshlar jamoasida yaxshi ko'rsatgan bo'lsa ham, u erda ko'p qolmadi. Futbolchi bir yildan so'ng "Roma"ga o'tdi. Rimliklar o'yinchi uchun 6,8 mln evro to'ladi. Rimda yosh xavbekning iqtidorini yuqori baholashdi. "Bo'rilar" italiyalik bilan shartnoma imzolashni juda ham xohlashgandi va buni uddalashdi.

"Roma" Zanoloning faoliyatidagi ilk jiddiy klub bo'ldi, sababi u "Inter"ning asosiy jamoasida o'ynamagandi. Rimliklar futbolchiga katta umid bilan qarashdi. U A Seriyadagi ilk mavsumini ham yomon o'tkazmadi (27ta o'yinda 4ta gol va 2ta assist).

Ammo, xavbekda 2019/20 yilgi mavsum jarohatlar bilan jiddiy muammolar boshlandi. Italyan 2020 yilning yanvarida tizzasidan jarohat oldi. Tiklanish uchun unga 172 kun talab qilindi. Safga qaytgan Nikolo huddi shunday jarohatni boshqa tizzasidan oldi. Bu safar tiklanish muddati 266 kunni tashkil etdi.



SHulardan so'ng jarohatlar Zanolo faoliyatining ajralmas qismi bo'lib qoldi. U 2021/22 yilgi mavsum "bo'rilar" safida turli jarohatlar sabab 11ta o'yinni o'tkazib yubordi. Hatto joriy mavsum u uchun to'liq o'tmagan bo'lsa ham (Italiyada), futbolchi turli muammolar sabab 33 kunni o'tkazib yubordi.

Xavbek 2021/22 yilgi mavsum Konferenciyalar ligasi finalida yagona golni urdi va "Roma"ga g'alaba va titul taqdim etdi. SHundan so'ng barcha muammolar Nikoloning ortida qolgandek va u Joze Mourinyu bilan yangi marralarni zabt etishga tayyordek edi. Ammo, barchasi bunday ketmadi.

Qishda to'satdan Zanoloning rimliklardan uni qo'yib yuborishni so'ragani haqida xabarlar paydo bo'ldi. Hech kim voqealar bunday tus olishini kutmagandi. Buning ustiga, Mourinyu garchi uning ketishni xohlayotganini tasdiqlagan bo'lsa ham, o'yinchiga ishonch bildirgan edi. SHu paytdan boshlab barchasi noto'g'ri ketdi.

"Bo'rilar" futbolchini sotishga rozi edilar, ammo o'z shartlari asosida, aniqrog'i kim ko'p to'lasa, o'shanga. Bunday klub esa "Bornmut" edi, ularning taklifi "Roma"ni qoniqtirdi. Ammo, xavbek APL autsayderlaridan biriga o'tishni xohlamadi. Mish-mishlarga ko'ra, unda "Milan" bilan kelishuv bor edi, ammo "rossoneri" angliyaliklarning taklifini yaxshilay olishmadi.



Zanolo ketishni xohladi, ammo o'zi xohlagan joyga. Ishning bunday holati esa "bo'rilar"ni qoniqtirmadi. Ular o'yinchini sotishga tayyor edilar, ammo o'zlari uchun foydaga. Klub va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar jiddiy yomonlashdi. "Roma" xavbekni "Bornmut"ga o'tkazishga urindi. Italyan rad etdi va mashg'ulotlardan bosh tortishni boshladi, shu sabab tarkibdan chetlatildi.

U o'z navbatida bosim sabab klub bilan sudlashishni xohlagani aytildi. Transfer oynasi yopildi, vaziyat esa hal bo'lmadi. Bundan tashqari, u berk ko'chada qoldi, sababi Nikolo hech qaerga keta olmasdi, ammo Rim klubida ham qololmasdi.

Barchasi Zanologa muxlislar tahdid qilishni boshlaganlaridan so'ng yanada yomonlashdi. Hatto bir marta italyan policiyani ham chaqirishiga to'g'ri keldi. O'yinchining baxtiga "Galatasaray" tomonidan qiziqish paydo bo'ldi. Turkiyada transfer oynasi qolgan ligalardan ko'ra uzoqroq ochiq bo'ladi.

Bu safar xavbek tanlashiga to'g'ri kelmadi, sababi unda boshqa variantlar yo'q edi. Futbolchi shunday qilib 8 fevralda turk klubiga o'tdi. Bitim narxi 15 mln evroni tashkil etdi. "Roma" norozi, sababi Nikolo uchun ancha ko'proq olishlari mumkin edi.



"Zanolo yosh va katta imkoniyatga ega, ammo muammo unga maslahat berayotgan va noto'g'ri qarorlar qabul qilayotgan uni qurshab olgan odamlardadir. Buni eng katta muammo deb hisoblayman va Nikolo uchun afsusdaman. Unda ajoyib sifatlar bor va buni ikki tizza jarohatidan so'ng tasdiqladi.

Mushaklar, tizzalar va tovonni davolash mumkin, muammo boshda bo'lsa, barchasi qiyinlashadi. Agar u "Roma"da o'ynamaslikka qaror qilganda, uni tarkibga qo'shmaslik yaxshi bo'lardi. Muammo hech qaerga ketmaydi. Agar u o'z munosabatini o'zgartirmasa, har qanday klubda muammolar yaratadi", – deydi "Roma" sobiq o'yinchisi Zbignev Bonek intervyuda.

"Roma" bosh direktori Tyago Pintu Zanoloni xulq-atvori va klubga bo'lgan munosabati sabab tanqid qildi. Futbolchining onasi rimliklar unga ishonch bildirishni to'xtatishgani va 50-60 mln evro evaziga sotmoqchi bo'lgani, ammo buncha pulni hech kim taklif qilmaganini aytdi.



U erda nima bo'lganidan qatiy nazar, Nikologa qanday umidlar bog'langani va yakunda qaerda bo'lganini hisobga olsa, barchasi yomon yakunlandi. Italiyalikning Turkiyada "qayta uyg'onishi" mumkinligi haqida fikrlar bor. Ammo, 23 yoshida faoliyatini qayta tiklashi kerak bo'lsa, unda nimadir noto'g'ri ketmoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика