So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Janubiy Koreya U-23 futbolchisi: "Biz Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligimizni ko'rsata olamiz" Yangiliklar

Janubiy Koreya U-23 futbolchisi: "Biz Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligimizni ko'rsata olamiz"

Xabaringiz bor, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bitta guruhda bahs olib boradi. Janubiy Koreya U-23 termasi avvalgi uchta musobaqaning birinchisida yarim finalga qadar borib, ikkinchisida finalda mag'lub bo'lgan va uchinchisida ham o'z ishtirokini yarim finalda to'xtatgan. 

Bu safar koreyaliklar chempion bo'lishni maqsad qilishgan. Terma jamoa futbolchisi Li Dong Gyong OFK saytiga intervyu berib, o'z jamoasiga yuqori baho berdi. 

- "Biz uchun bunday musobaqada qatnashish sharaf, - deydi "Ulsan Xyunday" futbolchisi. - Biz musobaqada g'olib chiqish uchun ko'p ishlayapmiz. Barcha jamoalar bu musobaqaga shunchaki kelishmaydi, hammaning xayolida faqat Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish bo'ladi. Biz buni juda yaxshi his qilyapmiz". 

- "Guruhdagi raqiblar haqida nima deyishim mumkin? Kuchli guruhdan joy olganmiz. O'zbekiston amaldagi chempion, Eron bilan Xitoy ham yaxshi jamoalar. Lekin Osiyodagi eng kuchli jamoa o'zimiz deb o'ylayman va buni isbotlash uchun maydonda bor kuch bilan harakat qilamiz. Men saralash o'yinlarida eng yaxshi to'purar bo'ldim. Musobaqaning o'zida ham ko'p gol urishga harakat qilaman".

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика