So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Janubiy Koreya chempionatida qo'llanilayotgan karantin qoidalari Yangiliklar

Janubiy Koreya chempionatida qo'llanilayotgan karantin qoidalari

Janubiy Koreya K-ligasida o'yinlar davom etayotganidan xabaringiz bor.

Lekin bu erda ham karantin qoidalariga qattiq amal qilinyapti. Quyida K-liga o'yinlari paytida qo'llanilayotgan karantin qoidalari haqida to'xtalib o'tamiz. 

1. Stadionlarga muxlislar kiritilmayapti. Balki keyinchalik ishqibozlarga ruxsat berilishi mumkin. Jamoalardan imkon qadar ijtimoiy masofani saqlash so'ralyapti. 

2. O'yin boshlanishiga kamida uch soat qolganida stadion virusga qarshi sterilizaciya qilinishi shart. Bundan tashqari kirish darvozalari oldida turli aktibakterial jihozlar o'rnatilgan bo'lishi kerak. 

3. O'yindan oldin jamoalarning va hakamlarning bir-biri bilan qo'l berib ko'rishishiga ruxsat berilmaydi. 

4. Zaxirada o'rindig'idagi murabbiylar, futbolchilar va boshqa uchrashuv rasmiylarida tibbiy niqob bo'lishi shart. Agar qo'lqop kiyib olishgan bo'lsa yanayam yaxshi. 

5. O'yin paytida futbolchi va hakamlarning bir-biriga yaqin kelib gaplashishi taqiqlanadi. 

6. Har bir jamoadagi rasmiy shaxs o'yindan oldin koronavirus uchun test topshirishi shart. 

7. Agar test topshirish natijasida qaysidir futbolchida virus aniqlansa, u bilan birgalikda butun jamoa, shuningdek raqib jamoa ham ikki haftalik karantinga olinadi. 

8. Har ikki jamoa avtobusi o'yin bo'ladigan stadionga turli vaqtda keladi. 

9. Avtobus stadionga kelgach murabbiylar, futbolchilar, shuningdek hakamlarning ham tana harorati tekshiriladi. 

10. Har bir futbolchi uchun alohida idishda suv va sochiq beriladi. Birovning suvini boshqasi ichishi yoki sochig'idan foydalanishi mumkin emas. 

11. Maydonda tupurish va qattiq aksirishga yo'l qo'yilmaydi. 

12. O'yin paytida forma va umuman hech qanaqa kiyim almashtirish mumkin emas. 

13. Jurnalistlar o'yindan keyin intervyu olishlari mumkin, faqat buning uchun hammada niqob bo'lishi shart. SHuningdek intervyu berayotgan va intervyu olayotgan orasidagi masofa 2 metr bo'lishi kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика