So’nggi yangiliklar

22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  2 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  78 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11

Jamshid Saidov: "Superligani markazlashgan holatda davom ettirish yaxshiroq edi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Superligani markazlashgan holatda davom ettirish yaxshiroq edi"

Coca Cola Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro"(1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida qisqa va oddiy fikr bildirishim mumkin. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytib qolaman. Afsuski, ilk soniyalardan tezkor gol o'tkazib yubordik. Bugun ko'plab yosh futbolchilarga o'ynash imkoniyatini berdik. Tajriba etishmagani tabbiy hol. Gol urish uchun yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmadik",- deydi Jamshid Saidov.

- "Buxoro"ning Superligada qolish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Oldinda o'yinlar bor, oxirigacha kurashamiz. Keyingi turda "Qizilqum" bilan o'ynaymiz, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. 

- So'nggi to'rt turni qanday o'tkazish tarafdorisiz? SHuningdek masuliyatli pallada yoshlarga ishonch bildirish tavakkalmi?

- Agarda markazlashgan holatda o'tkazilganda juda yaxshi bo'lardi. Biz barcha o'yinlarni safarda o'tkazamiz. Markazlashgan holatda barcha bir xil sharoitda bo'lardi. Yoshlarga ishonch bildiryapmiz. Ha, xatolar bo'lyapti. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda ularni ruhiy va taktik tomondan tayyorlashga harakat qilyapmiz. 

- Bugungi durangni g'alabaga teng desak bo'ladimi?

- Ha, albatta. 0:1 hisobida yutqaza turib yakunda 1:1 qildik. Biz uchun qo'lga kiritilgan har bir ochko oltinga teng. 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика