So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Jamshid Saidov: "Olimpik" himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Olimpik" himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi"

Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" (0:0) bahsidan keyin navoiyliklar ustozi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Afsuski, ular bir kishi bo'lib qolganida bundan unumli foydalanib keta olmadik. Vaziyatlar bo'ldi, ammo gol urolmadik. "Olimpik" ko'plab vaziyatlar yaratdi deyish qiyin. Ular yaxshi himoyalanishdi va himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi. O'yin oxirida bizning futbolchimiz ham maydondan chetlatildi. SHundan so'ng o'yin tartibsiz ko'rinish oldi. Biz oxirgi o'yinlarda ko'rsatgan o'yinimizni ko'rsatolmadik", – dedi Saidov.



- "Qizilqum" birinchi bo'lim boshida o'yinni himoyadan qurishni boshlagandek tuyuldi, 13-daqiqada "Olimpik" azosi qizil kartochka olgach ham, jamoangiz bir taym davomida umuman hujum qilgani yo'q, faqat bitta vaziyat bo'ldi...

- Yo'q, biz himoyalanmadik. Biz raqibni maydonning ikkinchi qismida kutib oldik. SHunchaki "Olimpik" yaxshi himoyalandi va bizda ko'p ham vaziyat bo'lmadi. Biz himoyadan o'ynadik degan fikrdan yiroqman. "Olimpik" qanday o'ynashini, o'zimiz nimalarga qodirligimizni bilardik. Balki raqib bir kishi kam bo'lib qolganida mensimaslik bo'ldimi yoki o'zimizga ishonch etishmadimi, holatni o'rganib chiqamiz. Yigitlarimizga rahmat aytmoqchiman, ular ijobiy natija uchun oxirigacha harakat qilishdi. SHuningdek, bizni qo'llab-quvvatlab turgan navoiylik muxlislarga minnatdorlik bildiraman.



- Markazda o'ynagan ikki yarim himoyachi – Murodbek Rahmatov va Ifeani Ifeanida xatolar ko'p bo'ldi. Bunga qanday qaraysiz? Ulardan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Ko'nglim to'lmadi. Ularda xatoliklar ko'p kuzatildi. Ayniqsa Murodbek o'yinga kirishib keta olmadi. Unda sog'liq bilan bog'liq muammolar bor, shuning uchun uni almashtirdim. Bir kishi xato qilsa, buning ortidan qolgan futbolchilar ham xato qilishdi – bu zanjir kabi ulanib ketdi. 

- "Qizilqum" 26 o'yindan 23 tasini o'ynab bo'ldi, "Olimpik" esa 21 tasini. Turnir yakunlanishiga 3 tur qolganida, "Olimpik" 3 ochko oldinda. Nima deb o'ylaysiz, jamoaning to'g'ridan-to'g'ri Superligada qolish imkoniyati qanday?

- Superligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика