So’nggi yangiliklar

21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  0 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  0 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  2 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  1 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  17 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  8 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1

Jamshid Saidov: "Muhim g'alabani qo'ldan chiqardik. Oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Muhim g'alabani qo'ldan chiqardik. Oxirigacha kurashamiz"

Superliganing 21-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi durangdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ilk navbatda aytishim kerakki, o'yinning borishi qiziqarli o'tdi. Unda biz g'alabani qo'ldan chiqardik deb hisoblayman. Yigitlarga katta rahmat aytaman. Ular borini berib, harakat qilishdi. Bugun "Bunyodkor" qanday o'ynashini bilgandik. Har gal hisobda oldinga chiqib olganimizda, shunday g'alati gollar qo'yib yubordik. Hech qisi yo'q, ishlashda davom etamiz. SHu o'rinda Navoiydan kelib, bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Yigitlar har bir uchrashuvda borini berib o'ynashmoqda. Ulardan ham minnatdorman.

- Birinchi bo'lim "Qizilqum"ning rejasi ostida o'tdi va yaxshi himoyalana oldi. Ikkinchi bo'limda esa jamoa hujumkorlikka ko'proq etibor qaratdi va himoyada bo'shliqlar paydo bo'ldi. Bu g'alabani ko'proq istash bo'ldimi?

- Birinchi bo'limda raqibga imkon bermadik va qarshi hujumlarda o'ynashga intildik. Ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" ochilishini bilgandik. Balki birinchi o'tkazib yuborgan golimizda jarima zarbasi bo'lmagandir. Men shunday hisoblayman. Ikkinchi golda esa xatolar marjoni bo'ldi. Butun mavsum davomida bunday xato qilmagandik. Umuman olganda raqiblarda ko'p ham vaziyat bo'lmadi. Bizda tashabbus ko'proq bo'ldi. Ammo yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Aytganimdek, biz 3 ochkodan quruq qoldik.

- Ikkita goldagi darvozabonning poziciyasini qanday baholaysiz? Darvoza chizig'ida rotaciya qilish vaqti kelgandir.

- Biz qo'limizda turgan g'alabani boy berdik. Hozir biror kishini ayblash vaqti emas. Faqatgina hech nima qilmayotgan inson yoki zaxirada bo'lib turgan futbolchi xato qilmasligi mumkin. Men maydonda xato qilmayman, chunki unda bo'lmayman. Har bir futbolchida xato bo'ladi, darvozabonni ayblash shart emas. U erda bir qancha xatolar bo'lganini ko'rdim. 

- Rotaciyani ko'rib chiqasizmi?

- Barchasini ko'rib chiqyapmiz. Futbolchining holatiga qarash kerak, kimdir yosh, kimningdir tajribasi katta. Hozir kurashishda davom etyapmiz, oxirigacha kurashamiz. Javohir - tajribali posbon, u bilan muammolar bo'layotgani yo'q. Hamma xato qiladi. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

- Kuxianidze bugun zaxirada qoldirildi.

- Bugun Vahobov kasal edi, Kuxianidze ham. Hozirgi havoda mashg'ulot qilgandan keyin shamollab qolish hech gap emas. Futbolda shunday holatlar ham bor. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика