So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Jamshid Saidov: "Kenjaboevni "Buxoro"ga qarshi derbiga saqlash uchun zaxiraga oldik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Kenjaboevni "Buxoro"ga qarshi derbiga saqlash uchun zaxiraga oldik"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- G'alaba qozonish nasib qilmadi. Muxlislarni xursand qila olmadik. Ularga esa muxlislik qilganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yigitlarga ham rahmat, ular barcha berilgan topshiriqni bajarishdi. Bugun omad bizga etishmadi.

- Islom Kenjaboev ikkinchi bo'limda zaxiraga olindi. U yaxshi o'ynab turgandi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Biz Islom kartochka olishidan qo'rqdik. Sababi, keyingi o'yin "Buxoro"ga qarshi derbi bo'ladi. Ifeani ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi. SHu sabab ham biz Islomni saqlashga harakat qildik.

- Jamoaga yangi kelgan o'yinchilar maydonga tushishdi. Ularning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Ha, men ularning o'yinidan qoniqdim. Ular bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'yin ham ajoyib bo'ldi.

- Jamoaning mag'lubiyatiga asosiy sabab deb nimani ko'rsatish mumkin?

- Bu futbol. Aytganimdek, omad etishmadi. Futbolchilar o'yinni zo'r o'tkazishdi.

- Marko Simonovski buyog'iga jamoaning asosiy hujumchisi sifatida o'ynaydimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Ayni damda esa, ha. U jamoa asosiy hujumchisi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика