So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  115 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  9

Jamoasiz qolib ketib ayrim murabbiylarga o'zimni o'zim tavsiya qildim, Hakim Fuzaylovdan minnatdorman - Aslanbek Ahrorov bilan suhbat Yangiliklar

Jamoasiz qolib ketib ayrim murabbiylarga o'zimni o'zim tavsiya qildim, Hakim Fuzaylovdan minnatdorman - Aslanbek Ahrorov bilan suhbat

Buxorolik iqtidorli darvozabon Aslanbek Ahrorovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak, o'tgan mavsum “Andijon” tarkibida faoliyat yuritib, Superligada debyut mavsumini o'tkazdi.

23 yoshli golkiper garchi Superligada ilk bor o'ynagan bo'lsada, xar xolda yomon taassrot qoldirmagan deya olamiz. Mavsum so'nggida “Andijon”ning safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, xech qancha vaqt o'tmasdan kutilmaganda jaroxatga yo'liqib, maydonni barvaqt shifokorlar yordami bilan tark etishga majbur bo'lgan Ahrorov shundan so'ng oyog'idagi jaroxatidan butunlay forig' bo'lish niyatida operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgandi. Tabiiyki operaciyadan keyin futbolchining tiklanish jarayoni malum bir muddatni o'z ichiga oladi. Aslanbekka ham vaqt kerak edi. Aksiga olib uni “Andijon” bilan tuzgan shartnomasi yil yakuniga borib, o'z kuchini yo'qotgan va futbolchi erkin agentga aylangan. Bunday paytda jaroxatdan chiqqan futbolchiga biror-bir jamoaning qiziqishi ham past darajada bo'ladi. SHu sababli ham bugungi suhbatdoshimiz, joriy mavsumni PRO-Ligada o'tkazishga majbur bo'lmoqda. “Dinamo”dan bo'lgan chorlovni qabul qilib, yana avvalgidek sport formasiga kirib borayotgan darvozabon bu yil jamoasining asosiy posboniga aylana oldi. Superliga yo'llanmasini deyarli xal qilib bo'lgan samarqandliklarning ushbu muvaffaqiyatga erishishida Ahrorovning ham xissasi katta bo'ldi. SHuni inobatga olib, u bilan suhbatlashdik.

- Aslanbek, avvalo “Olimpik” bilan o'tgan o'yinda qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Yirik hisobda g'alaba qozonishinglarga qanchalik ishongandiz?


- Assalomu alaykum. Tabrik uchun raxmat! Bilasizmi raqib ustidan bunchalik yirik hisobda g'alaba qozonamiz deb o'ylamagandik. Lekin “Dinamo” uchun bu bahsda g'alaba qozonish juda muhim edi. Agarda muvaffaqiyat qozonsak, Superliga sari bitta katta qadam tashlagan bo'lishimizni yaxshi tushunib maydonga chiqdik. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, “Olimpik” jamoasi xurmatga loyiq ekanligini aytib o'tishni istardim. Temur Kapadze qisqa vaqt ichida, kurashchan jamoa sifatida shakllantirgan.




- “Dinamo” bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytmoqda. Bunga jamoa qanday erishdi?


- Xudo xohlasa, Superligaga rasman chiqishimizga bir qadam qoldi. Bunday muvaffaqiyatli natijaga erishishimizga asosiy sabab Xakim Fuzaylov Samarqandda yaxshi jamoa tuzgani bo'ldi. Jamoaning ichki muhiti juda yaxshi. Hamma yigitlar bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Ahil va birdamligimiz uchun ham oldimizga qo'yilgan vazifani uddasidan chiqyapmiz.

- Bu yil Samarqand jamoasida birinchi mavsumingni o'tkazyapsiz. Taassurotlar qanday?


- Taassurotlarimiz alo darajada. CHunki men “Dinamo”ga juda tez moslashib kettim. Bunda jamoadoshlarimning yordami katta bo'ldi. Ular bilan bir-birimizni juda yaxshi tushunib ketganmiz.

- Tojikistonlik Hakim Fuzaylov yurtimizda legioner murabbiy xisoblanadi. Ushbu mutaxassisga qanday tarif berasiz?


- Fursatdan foydalanib, Hakim Qayumovichga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tishni istardim. Sababi ushbu murabbiy meni jaroxatdan endi tuzalib, maydonga qaytgan bo'lishimga qaramay, o'z jaamoasida ko'rishni istab, taklif bilan chiqdi. Ishonch bildirdi. Yashirmayman, o'tgan mavsumning oxirida jiddiy jaroxat olib, ko'p vaqtimni davolanish bilan o'tkazishga majbur bo'lib yurdim. Xammasi ortda qolgach, boshqa jamoaga o'tishim qiyin bo'ldi. Boisi har qanday jamoaga tayyor o'yinchi kerak. Jaroxatdan chiqqach, uyda o'tirib juda qattiq diqqat bo'lib yurdim. Bu paytda tan olaman, bir nechta jamoa murabbiylariga aloqaga chiqib, menga imkoniyat berib, ishonch bildirishini iltimos qildim. Afsuski ularning barisi turli xil sabablarni aytib, rad javobini berdi. Xatto o'zim o'sib ulg'aygan “Lokomotiv” jamoasiga qaytishni istagan bo'lsamda, hech qanday yordam bo'lmadi. Keyin bir narsani tushunib etdimki, O'zbekiston futbolida jaroxatga yo'liqsang, hech kimga kerak bo'lmay qolarkansan. Yaratganga shukur deyman, hozir men uchun hammasi ko'ngildagidek. Buning uchun yana bir bor Hakim Qayumovichga rahmat deyman.




- Bu yil “Dinamo” uchun eng yaxshi va yomon o'tgan o'yin deb qaysilarini aytasiz?


- Eng yaxshisi deya, safarda “Nurafshon”ni 2:0 hisobida taslim qilganimizni aytgan bo'lardim. Aksincha eng yomon o'tkazgan o'yinimiz ham safarda o'tgan “Neftchi”ga qarshi 6:0 hisobida mag'lub bo'lganimizdir. Juda ham alamli mag'lubiyat bo'lgan.

- O'tgan yili mavsum so'nggida jiddiy jaroxat olib, oyog'ingizni operaciya qildirganingizni yaxshi bilamiz. Ushbu jaroxatlardan to'liq qutilib ketganmisiz?

- Operaciyadan keyin shifokorlarning bergan maslahatlariga amal qilib, davolanish jarayonini yaxshi o'tkazdim. Oyog'imdagi jaroxat bezovta qilmayapti. O'zimni yaxshi xis qilyapman. SHu o'rinda onajonimga ham rahmat deyman. Operaciya jarayoni va undan keyingi bosqichlarda onam meni issiq-sovug'imdan xabar olib, hamisha yonimda bo'ldi. Dalda berdi. Ko'nglimni ko'tardi. Har tomonlama qo'llab-quvvatlab, oyoqqa turib ketishimda katta yordam berdi. Onajonimdan bir umr qarzdorman. Otam vafot etgan. SHuning uchun onam meni boshqalardan kam qilmasdan, yoshligimdan yaxshi tarbiya berib, ulg'aytirdi. Xudo xohlasa onajonimni orzu umidlarini amalga oshirish uchun men doim bor kuchim bilan ishlayman.

- PRO-Liga klubiga o'tib qanchalik o'sishga erishdim deb xisoblaysiz?

- Eng avvalo og'ir jaroxatdan keyin men yana avvalgidek sport formamga qaytib oldim. SHuning o'zi ham men uchun o'sish bo'ldi. Bilasiz futbolchilar og'ir jaroxatlardan keyin birdaniga o'ynab ketishi qiyin bo'ladi. Xudoga shukur qilamanki, men bu yil “Dinamo”da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lyapman. Eng muhimi, yana yashil maydonda avvalgidek o'ynayotgandim xursanman.

- “Dinamo” bilan tuzgan shartnomangiz nechchi yilga mo'ljallangan?


- Klub bilan kelishuv bitimimiz shu yilning so'nggi qadar amal qiladi. Keyin yana erkin agentga aylanaman.

- Jamoangizdagi himoyachilarga qanday tarif berasiz?

- “Dinamo”dagi mudofaa chizig'idagilar bo'yicha fikrim ijobiy. Ayniqsa umidli yosh himoyachi Muhammadqodir Hamroaliev juda yaxshi xarakat qilmoqda. SHuning uchun ham bosh murabbiyimiz unga ko'p o'yinlarda ishonch bildirib kelmoqda. Qolgan himoyachilar ham bir-birini yaxshi tushunib xarakat qilmoqda. SHu sababli jamoamizda bu bo'yicha muammo yo'q.



- Bu yil PRO-Ligada qaysi darvozabonlarning o'yini sizga ko'proq yoqmoqda?

- Menimcha har bir jamoaning golkiperlari o'yin davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish maqsadida ishonch bilan o'ynashga xarakat qilmoqda. Ularning orasida menga ko'proq “Olimpik” posboni Vladimir Nazarovning o'yinlari yoqmoqda. Yosh bo'lishiga qaramay ushbu darvozabon o'zidan yaxshi taassurot qoldirmoqda. Kelgusida unga yanada muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilayman.

- Navbatdagi turda “Dinamo” Farg'onada “Neftchi”ga qarshi o'ynaydi. Bo'lajak bahsda revansh olishga xarakat qilsanglar kerak?

- Albatta butun jamoa bo'lib, birlashgan xolda Farg'onada revansh olishga bor kuchni ishga solamiz. Muxlislarimizni ijobiy natija bilan xursan qilishni istaymiz.

Malumot uchun:

Aslanbek Axrorov:
Tug'ilgan yili
11.05.1998
Tug'ilgan joyi: Buxoro viloyati.
Birinchi murabbiyi: Dilshod Davlatov
O'ynagan jamoalari: "Buxoro" (2015-2017), Lokomotiv (2018-2019), Andijon (2020), "Dinamo" (2021)
Yoqtirgan jamoasi: CHelsi, Barselona
Kumiri: Manuel Noyer
Raqami: 35.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика