So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Jamoasini ECHL guruh bosqichiga olib chiqqan azamatlar #2 FOTO Yangiliklar

Jamoasini ECHL guruh bosqichiga olib chiqqan azamatlar #2 FOTO

Kecha Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi 5ta o'yin bo'lib o'tdi.

Bir kun oldingi o'yinlarda o'zini ko'rsatgan 5 nafar futbolchi haqida maqola tayyorlagandik. Manba. Navbat kecha bo'lib o'tgan bahslarda qahramon bo'lganlarga etib keldi.


Qozog'iston klubi birinchi marta Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi! Qo'shnilarimiz chempioni Evropaning eng nufuzli musobaqasida o'ynaydi. "Astana" Kiprning APOEL klubi qarshiligini enga oldi. Dastlabki o'yinni o'z maydonida o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchgan "Astana" javob bahsida 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bunda jamoaning serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Maksimovichning xissasi katta bo'ldi. O'z vaqtida "Verona"da o'ynagan futbolchi shu yilning fevral oyida Qozog'iston klubiga kelgan. Javob bahsida aynan u so'nggi daqiqalarda mezbonlar darvozasiga gol urdi.


APOEL (Kipr) - "Astana" (Qozog'iston) 1:1 (birinchi o'yin 0:1)
Qahramon - Nemanya Maksimovich



"Manchester Yunayted" qaytdi. Bir yillik tanaffusdan so'ng "qizil iblislar" Evropa maydoniga qaytdi. Jamoa pley-offda Belgiyaning "Bryugge" klubini ikki o'yinda ham taslim qildi. Manchesterda o'tgan ilk bahsda Memfis Depay dublga erishgandi. Kechagi javob o'yinida Ueyn Runi xet-trikka erishdi. SHu bois ikkala futbolchini qahramon sifatida tanladik.

"Bryugge" (Belgiya) - "Manchester Yunayted" (Angliya) 0:4 (birinchi o'yin 1:3)
Qahramonlar - Memfis Depay va Ueyn Runi



Belarusning BATE klubi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga Serbiya chempioni "Partizan"ni engib yo'l oldi. Ilk o'yinda 1:0 hisobida zafar quchgan BATE javob bahsida birinchi bo'lib gol urdi. Igor Stasevich tomonidan kiritilgan to'p belaruslarning imkoniyatini oshirib yubordi. To'g'ri o'yin davomida serblar ikkita gol urishdi, ammo bu keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lgani yo'q.

"Partizan" (Serbiya) - BATE (Belarus) 2:1 (birinchi o'yin 0:1)

Qahramon - Igor Stasevich



"Bayer" klubi Rimning "Lacio" klubi to'sig'idan o'ta oldi. Italiyada tashkil etilgan bahsda "Lacio" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Javob bahsida esa nemislar yirik g'alabaga erishishdi. Bu yirik g'alabaga Xoqon CHalxonogluning tezkor goli zamin yaratib berdi.

"Bayer" (Germaniya) - "Lacio" (Italiya) 3:0 (birinchi o'yin 0:1)
Qahramon - Xoqon CHalxonoglu



O'tgan mavsum Rimning "Roma" klubiga sotib yuborilgan Seydu Dumbiya yana CSKAga qaytdi. Afrikalik futbolchi bo'lmaganida balki Moskva klubi guruh bosqichiga chiqa olmasmidi. Har holda aynan Seydu Portugaliyada bitta, Moskvadagi o'yinda ikkita gol urdi. Haqli ravishda aynan Dumbiyani CSKAning qahramoni sifatida tanladik.

CSKA (Rossiya) - "Sporting" (Portugaliya) 3:1 (birinchi o'yin 1:2)

Qahramon - Seydu Dumbiya



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика