So’nggi yangiliklar

00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  4 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  3 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  5 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  10

"Jamoa o'zgarishga muhtoj. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so'rayman". Andrey SHipilov "Dinamo"dan istefoga chiqishini malum qildi Yangiliklar

"Jamoa o'zgarishga muhtoj. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so'rayman". Andrey SHipilov "Dinamo"dan istefoga chiqishini malum qildi

Superliga 11-turining qoldirilgan uchrashuvi doirasida "Dinamo" Samarqandda "Nasaf"ga yirik hisobda (0:4) mag'lub bo'lgach, "Dinamo" bosh murabbiyi Andrey SHipilov matbuot anjumanida istefoga chiqishini bildirdi.

- Bugungi o'yin haqida nima ham derdim... Biz birinchi golni o'tkazib yuborguncha o'yin namoyish etdik. Jamoa xarakter ko'rsata olmadi. Futbolda jamoa o'z irodasini namoyish eta olmasa, bu bosh murabbiyning aybi. "Dinamo" qo'l ostimda 5ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham g'alaba qozonmagan ekan, men istefoga chiqaman. Yaxshisi yangi murabbiy kelsin, jamoani biroz ruhlantirsin. Ayni damda jamoaga o'zgarishlar kerak. Rahbariyatdan va samarqandlik muxlislardan uzr so'rayman. Qo'limdan kelganini qildim. Ammo bu vazifani uddalashim uchun etarli bo'lmadi. "Dinamo"ga omad tilayman. Bu hayot. 

- Istefo jamoaning natijalari bilan bog'liqmi?

- Ha, natija qoniqarsiz bo'lsa jamoaga o'zgarishlar kerak bo'ladi. Natija yo'q ekan, murabbiy ketishi kerak. 

Hozirda tarkibdagi muammolar – Erkin Boydullaevning sariq kartochkalari soni 4taga etgani uchun o'ynay olmagani, Marat Bikmaev mashg'ulotlardagi jarohati sabab o'ynamagani, Yovanovichning jarohati sabab to'p surmayotgani haqida gapirish, bahonadek ko'rinib qoladi. Tarkibda yana 17 nafar futbolchi bor, ular maydonga tusha olmagan o'yinchilar o'rnini to'ldirishi kerak. 

Bugun o'yinni yaxshi boshladik, ammo himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik, axmoqona penalti barchasini o'zgartirib yubordi. Jamoa o'zgarishlarga muhtoj. Yangi murabbiy kelishi kerak, yana 13 tur bor, vaziyat hali fojiali emas. Kim kelsa, u natijalarni yaxshilashi lozim. Men vaziyatni o'nglash uchun hamma ishni qildim, ammo bu qo'limdan kelmadi. Barchaga rahmat.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика