So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Jaloliddinovga "Galatasaroy" va "Trabzonspor" klublari qiziqish bildirgandi Yangiliklar

Jaloliddinovga "Galatasaroy" va "Trabzonspor" klublari qiziqish bildirgandi

Qozog'istonning "Qayrat" klubining yangi azosi Jasur Jaloliddinovga Turkiyaning "Galatasaroy" va "Trabzonspor" klublari qiziqish bildirgandi.

Antaliyada yig'in o'tkazayotgan "Nasaf" Ruminiyaning “Universitatya Kluj” jamoasi bilan durangga imzo chekdi. 

Uchrashuvni tomosha qilish uchun borgan Championat.asia vakili mahalliy agentlardan biri bilan tanishdi. Ayni paytda futbol agenti sifatida faoliyat yuritayotgan Hayati SHen kuni kecha "Qayrat" jamoasiga transfer qilingan Jasur Jaloliddinov haqida gapirdi.

"Bu futbolchini "Trabzonspor" skauti sifatida ishlab yurgan chog'imda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Antaliyadagi yig'inida ko'rganman. CHap oyoqda to'p tepadigan, jussasi kichkina, ammo harakatlari juda ajoyib bo'lib, maydon markazida dominantlik qilardi.

Biz u yigitni o'rgandik, harakatlarini kuzatdik. Juda iqtidorli edi, ammo »Trabzonspor«da o'ynab keta oladigan saviyada emasdi. 

O'shanda 10-raqamli yigitni Istanbulning grand jamoalari — "Galatasaroy", "Beshiktosh" va "Fenerbaxche" skautlari ham qiziqish bilan kuzatgandi.

Undagi iqtidor yaqqol namoyon bo'lgandi. Lekin Turkiya superligasida, xususan, grand klublarda o'ynab ketish uchun iqtidorli bo'lishning o'zi etarli emas. Siz tayyor futbolchi bo'lishingiz kerak", - deydi mezbon mamlakat vakili.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика