So’nggi yangiliklar

12:50"Арсенал" ён чизиқдан тўп ташлаш бўйича машҳур мураббийни таклиф қилди  0 12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  1 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  3 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  4 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  15 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3

Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g'alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g'alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"

Championat.asia sayti vakillari Dohada O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipovni suhbatga tortishdi.


- Jaloliddin, shamollab qolganingiz tufayli oxirgi o'yinda ishtirok etmadingiz. Buning alomatlari jiddiy emasmi?

- Jiddiyroq edi. Oxirgi o'yindan oldin tuni bilan isitmalab chiqdim va mehmonxonada qolishimga to'g'ri keldi. Mana hozir terma jamoa ixtiyoriga etib keldim. Ozgina asoratlari bor. Xudo xohlasa, termamiz o'yinigacha sog'ayib ketaman degan umiddaman.

- Jamoangiz OCHLda Neymar etakchiligidagi "Al Hilol"ga qarshi o'ynadi. Jamoangiz kuchli raqibga mag'lubiyatga (0:3) uchraganiga qaramay, uchrashuv qiziq kechdi. Natija qoniqarsiz, ammo o'yin chiroyli o'tdi. Ushbu bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- "Al Hilol"da dunyo yulduzlari yig'ilgan. SHunga qaramay, munosib harakat qildik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga aytib o'tgandim, sheriklarim professional futbolchilar, buni to'g'ri qabul qilishdi. Ularga hozirgi kunda futbolni nomlar o'ynamasligini takidladim. Raqib kichik xatolarimizdan unumli foydalandi. Bizda ham bir talay imkoniyatlar paydo bo'ldi, ammo ulardan foydalanishda oqsadik. "Al Hilol"dagi o'yinchilar xatolarni kechirmaydi va bundan foydalanib qoladi.

- Bizni xursand qilgani, Srechko Katanec kecha tunda terma ixtiyoriga qo'shildi. Avvalgi 2 ta o'yinda usiz maydonga tushishga to'g'ri kelgandi. Uning yo'qligi qaysidir jihatdan sezilganmidi?

- Xohlaymizmi-yo'qmi, u bosh murabbiy. Uning gapiradigan gaplarini eshitib turishga o'rganib qolganmiz. U yonimizda bo'lsa, bu biz uchun yaxshi. Uning kelgani nafaqat futbolchilar, balki muxlislarni ham xursand qildi deb o'ylayman.

- O'zbekiston 14 noyabr kuni Qatarni mag'lub etsa, yaqin raqiblar bilan 9 ochkolik katta tafovut hosil bo'ladi – Eron va O'zbekiston oldinlab ketadi. SHu o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- O'ylaymanki, Qatar bilan bahs faoliyatimdagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Ushbu o'yinda g'alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz. Buni barcha futbolchilar tushunib turibdi. Xudo xohlasa, qo'limizdan kelgan barcha narsani ishga solamiz. Bundan tashqari, Qatar bilan hisob-kitobimiz ham bor.

- Turkmanistonda intervyu qilganimizda aytgan edim. Xudo xohlasa, shu yilning o'zida mundial yo'llanmasini hal qilishimiz kerak. 6 ochkolik bo'lajak o'yin oldidan qanday motivaciyaga egasiz va jamoadoshlaringizdan nimalarni kutmoqdasiz?

- Yilning 2 ta muhim o'yini. Umuman olganda, faoliyatimizdagi eng muhim bahslar deb bilaman. Bundan-da muhim o'yinlar bo'lmaydi. Menimcha, hech kimga motivaciya zarur emas, buni barcha futbolchilar anglab turibdi. Xudo xohlasa, hammamiz bor kuchimizni berib, shu yil JCH yo'llanmasini naqd qilamiz.

Qatar – O'zbekiston uchrashuv 14 noyabr kuni 21:15 da boshlanadi. KXDR – O'zbekiston to'qnashuvi esa 19 noyabr kuni 17:00 da start oladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика