So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Jaloliddin Masharipov: "Avstraliyadan alamimizni olmoqchimiz" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Avstraliyadan alamimizni olmoqchimiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Al-Aynda navbatdagi mashg'uoltni o'tkazdi.

Futbolchilarimiz Avstraliyaga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mashg'ulotlar yakuniga etgandan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan O'FA Matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyat bizga qo'shimcha motivaciya bo'lib xizmat qiladi. Odatda, jamoa mag'lubiyatga uchrasa, ko'pchilikda tushkunlik kayfiyati bo'lishi mumkin. Lekin bizda Yaponiyaga qarshi o'yindan keyin ishtiyoq katta. Biz yaponlarga qarshi munosib kurashdik. CHiroyli va mazmunli o'yin namoyish qildik. Avstraliya bilan ham mana shunday kurashamiz. Oxirigacha. Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Raqibdan qo'rqish, cho'chish umuman yo'q. Yaponiyaga qarshi o'yinda qanday o'ynay olishimizni ko'rsatdik. Avstraliyaga qarshi bundan ham kuchliroq o'yin namoyish qilamiz.

Avstraliya terma jamoasi azolari ko'proq yuqoridan to'p uzatmalarini amalga oshirib, bosh bilan o'ynashni maqul ko'radi. SHundan kelib chiqib, ularga qarshi o'yinda to'pni erda saqlashga, ko'proq qisqa paslar bilan raqib himoyasini yorib o'tishga harakat qilamiz. Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliya bizni 6:0ga mag'lubiyatga uchratgan. Nimchorak final bahsida ana o'sha mag'lubiyat uchun alamimizni olmoqchimiz. Xudo xohlasa, g'alaba biz tomonda bo'ladi", - deydi Masharipov.

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика