So’nggi yangiliklar

23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  0 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3

Jakarta-2018. O'zbekiston sport delegaciyasining yangi ekipirovkalari namoyish etildi + FOTO Yangiliklar

Jakarta-2018. O'zbekiston sport delegaciyasining yangi ekipirovkalari namoyish etildi + FOTO

Teglar :  Jakarta-2018
18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyada navbatdagi Osiyo o'yinlari o'tkaziladi.

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida qitada to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston sport delegaciyasi uchun taqdim etilgan liboslar taqdimoti tashkil qilindi.Sportchilarimiz uchun yangi ekipirovkalar Xitoyning "QIERTE Co. Ltd" kompaniyasi tomonidan PRES-JOG brendi bilan taqdim etilgan.


"Sport ekipirovkalari tayyorlanish jarayonida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadigan mamlakat - Indoneziyaning iqlimi ham hisobga olingan. Xususan, Jakarta va Palembangda tez-tez yomg'ir yog'ishini hisobga olib, kapyushonli kiyimlardan va suv shimmaydigan matolardan sport ekipirovkalarini ishlab chiqarildi. Sport libosi to'q ko'k va oq ranglardan tashkil topgan. SHuningdek, undan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining ramzi ham o'rin olgan. Sportchilarimiz nafaqat musobaqa davomida, balki kundalik hayotda ham foydalanishlari uchun minimalizmga alohida etibor qaratilgan", - deyiladi MOQ press-relizida. Eslatib o'tamiz, musobaqaning tantanali ochilish marosimi 18 avgust kuni Jakartada bo'lib o'tadi. Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini 232 nafar sportchi 30ta sport turida himoya qiladi.

Futbolchilarimiz kiyadigan libos.





SHuningdek, bugun MOQda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimizni kuzatish marosimi ham o'tkazildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика